18 +  RSS  E-mail
10:51, 20 06 2019

Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va himoya qilish


Toshkent tumani hokimligida Savdo-sanoat palatasi raisi oʻrinbosari Jahongir Mamajonov boshchiligida Prezidentimizning “Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonining mazmun-mohiyati keng jamoatchilikka yetkazish boʻyicha davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Toshkent va Zangiota tumanlaridan 200 ga yaqin tadbirkorik subʼektlari vakillari, oilaviy tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish va tadbirkorlikka oid murojaati boʻlgan fuqarolar ishtirok etishdi.

Yigʻilganlar tomonidan berilgan savollarga masalaga taalluqli tashkilot mutasaddilari tomonidan atroflicha javob hamda tushunchalar berildi.

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.