18 +  RSS  E-mail
10:58, 20 06 2019

«Oʻzbekneftgaz» AJ raisi: «Kelayotgan qishda har bir xonadonda gaz boʻladi va har bir xonadon isiydi!»


Shavkat Mirziyoyev neft-gaz, kimyo va elektr energetikasi sohalaridagi investitsiya loyihalarini yanada jadallashtirish masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi.

Farhod Ismailov

Rasulbek Abdurasulov: Internet tezligiga oʻxshamasa boʻldi

Bexruz Muminov: Safsata

Isroiljon Shokirov: Shu sohalarga tegishli mutaxassislikni har yili qanchadan-qancha yoshlar egallaydi. Oʻzbekistonni gazini qazib olib oʻziga qimmatga sotayotgan chet el firmalarini chiqarishsin. oʻzlari qazib olsin. Kim bu ishda ularga halaqit qilayapti. Oʻzimizni gazni oʻzimizga sotib 600 mln. $ qarz qilib qoʻyishganini hazm qilish juda qiyin.

Sanjarbek Rahimov: Yaxshi ertakka oʻxshaydi.

Ozodbek Uktambekov: Gazni oʻzi yoʻq-ku.

Rasulbek Ollayor: Xudo xohlasa zoʻr boʻladi, ilohim har bir xonadonda gaz, svet arzon narxda, yaʼni 1 tsentdan boʻlsin.

Askarbek Abdunazarov: Oʻzbek xalq ertaklari. 1183-qism. Bizning qishloqda gaz odam boʻyi yonadi. Qishlogʻimizga kechasi tepadan qarasangiz, yonayotgan qozonga oʻxshab turadi.

Karim Mirxodiyev: Yolgʻonchining rost gapi ham yolgʻon. Qadim oʻtgan zamonda, Kattaqoʻrgʻon tomonda, bitta choʻpon bor edi, feʼli juda tor edi…

Bek Abduxalilovich: Qishlogʻimizni katta trassadan uzib, trubalariniyam sotib yeb boʻlishgan.

Farrux Faxriddin: Gapingizga javob bera olmasangiz, uchta harf boʻlasiz…

Baxodir Ramazanov: Uyalishmaydiyam.

Zikrulloxon Ergashev: Bet, vijdon boʻlsa uyaladi.

Kozimjon Ummatov: Koʻramiz, qishki mavsumga ham ozgina qoldi.

Abdulhamid Abdurahim: Boʻlmagan gap. Har bir xonadon isimaydi. Bu gazdagi noinsoflar allaqachon gaz quvurlarini kesib boʻlishgan. Qanday gaz boradi uylarga? Hamro Nabiyev: Nega gaz narxini 3100 soʻmga koʻtargan (propan).

Otabek Mirsharipov: Qishloqlarga ham gazni hidi borsin.

Abduxamid Pardayev: Nima, bularga hamma gapni Prezidentimiz aytib oʻtirishlari shartmi, oʻzlarining aqllari yetmas ekanmi yoki akaxonlariga soqqani jamadonchaga yetkazib, quruq soxta hisobot berib yurishganmi, deyman.

Xusnitdin Dosmuxamedov: 28 yildan beri shu gap. Yana 28 yil eshitamiz shu gaplarni.

Xindolmirzo Murodov: Sultonov yaxshi gapirdi. “Paxta”ni yaxshi qoʻyadi bular. Qachongacha Prezident oʻrgatadi? Oʻzlari qayoqqa qaraydi?

Osiyo Murod: Aynan qayer haqida gap ketyapti, gaz trubalari oʻtgan joylarning hammasimi yoki shahar tipiga kiruvchi joylarmi?

Berdiyar Rajabov: Chiroyli soʻzlarni bir-biriga qoʻshib oʻqiyman, deb rosa vijdoni qiynalgandir, agar vijdoni boʻlsa!

Jamshid Sultonov: Haqiqatdan dolzarb masala, ilgari kelib turgan gaz taʼminotini qanaqadir qarzdorlik uchun gazlashtirilgan qishloqlardan gaz uzib qoʻyildi!!! Endi gazlashtirilgan qishloqlarda gaz trubalari olib ketilmoqda!!!

Mardonbek Nurullayev: Internetga oʻxshab 10 barobar oshsa, demak gaz bilan rasmga tushib qolish kerak.

Zayli Salmali: Yolgʻon gapirma. Senlar chetga sotasanlar.

Farida Ismatillayeva: Allohim gazchilarga Oʻzing insof bergin,15 yildan beri koʻrmayotgan tabiiy gazni endi koʻramiz ekan-da.

Muzaffarjon Boymirzayev: Oʻrtoklar, bu olamshumul yangilik, duo qilaylik, aytganlari boʻlsin, xonadonlarda chaqaloqlarimiz, bobolarimiz, momolarimiz sovuqdan aziyat chekishmasin.

Axror Axmedov: “Har bir xonadonda gaz boʻladi, har bir xonadon isiydi” deyilgan qogʻozda. Amalda koʻrmayapmiz, quruq gap sotishlaring xalqning juda-juda jonidan toʻydirganini bilasizlarmi oʻzi? Oxiri baxayr boʻlsin

Axror Axmedov: Shuncha million-million dollar xalqning pullarini Shveytsariya banklaridan topamizmi yana bir necha yillar oʻtganidan soʻng?

Abubakir Uktamov: Yoʻgʻ-eye nahotki bu yil tezzak yoqmaymiz. Trubalar sotilib ketgan-u gaz qanday keladi?

Sherzod Umarov: Gaz boʻladi, ammo qimmatroq boʻladi… Mayli qimmat boʻlsa ham toʻlaymiz, ammo toʻlov navbatlari va qarzi yoʻq degan maʼlumot olgandan keyin keladigan qarzdorliklar boʻyicha ham javob berishsin-da…

Shaxlo Djumaniyazova: Gaz trubalari kesilgan qishloqlarga bu yil gaz stolbadagi simlar orqali keladi.

Nemat Pirnazarov: Puch yongʻoqlar, puch pistalar, kissani toʻldirib-toʻldirib olinglar.

Temur Malikov: Bular oʻrganib qoldi Prezident va xalqni aldashga, chunki bunda jinoyat alomati yoʻq.

Dilya Ismailova: Qishloq aholisini nazarda tutmagandir. Toshkent atroflarini nazarda tutdi shekillik.

Malika Raximova: Men Buxorodan boʻlaman, hozirgi vaqtda Rossiyada yashayman. Oʻzbekistonda gaz, svet muammoligi uchun borgim kelmaydi.

Sanobar Qulmirzayeva: Svet hozir yaxshilandi-yu.

Farxod Tojiaxmedov: “Oʻzbekneftgaz” bizning kottejga qachon gaz keladi?

Ilxom Ruziyev: Butun Oʻzbekiston demagan-ku, bu xonadonlar kimga tegishli ekanligini topib olavering.

Umidjon Egamberdiyev: Oʻzlari va qarindosh-urugʻlariniki, hokim, prokuror, sud va hokazo menimcha.

Baxodirxon Shodmonov: Agar qilaman desa, butun Oʻzbekistonni bir oyni ichida gazlashtirib tashlaydi.

Dilfuza Niyozova: Oldin gazlashtirsin. Keyin maqtansin. Koʻp gaplar gapligicha qolib ketyapti.

Rustam Ortiqov: Boʻladigan gapni gapirsa yaxshi boʻlardi.

Javohir Mirzaolimov: Bu oddiy gap, qishki kelib bahonalari tayyor. Bahonasini ham bilaman. “Biz shu qishga barcha xonadonlarga gaz yetkazib beramiz deb vaʼda bergan edik, lekin bizning iqlimimizni va texnologiyamizni inobatga olgan holda bu loyihani ortga surib turdik. Hozir biz…

“Xalq fikri”dan


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.