18 +  RSS  E-mail
11:46, 14 06 2019

Ogʻir sharoitda yashayotgan qishloq odamlari hayotiy ehtiyojlari haqida soʻzladilar


Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasi Surxondaryo viloyatining qoʻshni Turkmaniston Respublikasi bilan chegaradosh hududida joylashgan. Bu yerda 70 dan ortiq xonadonda 400 nafarga yaqin aholi istiqomat qiladi.

Surxondaryo viloyati hokimi ushbu qishloqda boʻlib, odamlar bilan suhbatlashdi. Samimiy va mehnatkash qishloq odamlari ichimlik suvi, gaz, elektr energiyasi, taʼlim, sogʻliqni saqlash va boshqa masalalardagi ehtiyojlari xususida viloyat hokimga soʻzlab berdilar.

Viloyat hokimi ushbu mahallada joylashgan 180 oʻrinli 29-son umumiy oʻrta taʼlim maktabida ham boʻlib, taʼmirtalab ushbu muassasadagi shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Hozirda tegishli viloyat tashkilotlari mutasaddilari ogʻir sharoitda yashayotgan qishloq odamlarining murojaatlarida koʻtarilgan muammolarni bartaraf etish uchun bu yerga jalb qilingan. Chegarachi mahallasi aholisiga munosib turmush sharoitini yaratib berish choralari koʻrilmoqda.

Surxondaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.