18 +  RSS  E-mail
11:28, 13 06 2019

Turmushbuzar seriallar oʻrniga


Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining majlisdagi kundalik muzokaralarini toʻliq efirga berishsa, mamlakatimiz valyutasi iqtisod qilinardi

Nasriddinov Ikromiddin: Muzokaralar jonli, toʻgʻridan-toʻgʻri efir qilinsa, ajoyib ish boʻlar edi.

…Shu taklifingiz uchun deputatlardan Sizga davomli olqishlar.

Gafur Djurayev: 30 mln odam ovoz bergandayam hech qachon toʻliq koʻrsatilmaydi.

Baxodir Ibragimov: Bu holat bechora deputatlarimizni aksariyatini xijolat koʻchasiga olib kirar edi. Sababi, uni nutqini, bilimini, ongini va tafakkurini butun xalq tomosha qilib, unga baho berar edi.

…Qarsak chaladigan payti reklama yoki qoʻshiq qoʻyishsa yaxshi boʻlardi

Ikrom Ismailov: Yaxshi fikr. Yana xalq deputatlari ilgarigidek ishchilardan, dehqonlardan, yaʼni real xalq ichidan boʻlsa. Sessiya oʻtdi-mi, ertasiga dastgohini yonida ishlayapti, sessiya oʻtdi-mi, ertasiga ketmoni bilan dalada xalq ichida ishi va yumushi bilan shugʻullansa juda yaxshi boʻlardi.

Rasulbek Abdurasulov: Baribir xalqimiz uni komediya serial deb oʻylaydi.

Azamat Toshtemirov: Fara, tonirovka, avtotest kabi bemaʼni qarorlarga ovoz berganlarning “muborak” jamollarini koʻrarmidik shunda.

Bekzod Ibragimov: Nima majlislarni toʻliq koʻrsatishmaydi? Koʻraylik, nima kilib oʻtiribdi deputatlar?

Xurshid Rahmatullayev: Serial oʻrniga komediya koʻrib, askiya tinglayman debsiz-da.

Jaxongir Ruziboyev: Quruq karsakbozlikni koʻrasizmi? Uniyam qoʻyishmasin. Deputatlarimiz faqat maʼqullab, chapak chalib oʻtirishadi, foydasi yoʻq uniyam.

Latif Fazilov: Toʻgʻridan-toʻgʻri efirga berilsa, oʻylab chapak chaladi. Gapiradi, gapirmasa, uni oʻrniga gapirib biladiganni saylash kerak.

Jaxongir Ruziboyev: Kim biladi deysiz, men deputatlarga ishonmayman. Ular faqat oʻz biznesini rivojlantirishni biladi xolos. Men shunaqa fikrdaman, xalq bilan ishi yoʻq ularni, lekin yaqindan beri bir-ikkita deputatlar qimirladi, lekin tagʻin bilmadim.

Dilbar Xidoyatova: Qoʻying, shu seriallar bilan oʻzimizni ovutib yuribmiz.

Shaxlo Djumaniyazova: Kattalar oʻzini ovutib, yoshlar esa oʻrnak olib yuribdi bu seriallardan.

Ataxon Ruzmetov: Adashyapsiz. Agar deputatlarni TV da koʻrsatishsa — ularda hech qanday tashabbus yoʻqligi, xalq gʻami-dardi yoʻqligi fosh boʻladi. Va qoʻlidan hech nima kelmasligi oshkor boʻladi. Ularning fikrlash doirasi mamlakat, aholi manfaatlariga mos kelmaydi. Ular shunchaki “Ha” yoki “Yoʻq” deb ovoz berishga yaraydi xolos. Ularning aktivligi — mashina farasini yoqish yoki shunga oʻxshash arzimagan muammolar uchun yaroqli.

Shaxlo Djumaniyazova: TV da koʻrsatishsa, hech boʻlmaganda uyalganidan xalqqa foydali aqlli fikr chiqarmidi.

Azimjon Umarov: Hozirgi gaplar ham yoʻq.boʻlib ketadi.

…Serialdan koʻra deputatlarimizning oltindan qimmat maʼnoli soʻzlarini eshitgan afzal.

Axror Axmedov: Bu rasmdagi deputatlarning hammasi qarilar-ku, yoshlarga qirgʻin kelganmi?

Shuhrat Mirsaidov: Jon kuydirib ishlaydigan, faqat Prezidentimiz deb oʻylayman. Qolganlarniki hammasi deputatmi, vazirmi, hokimmi, sud’ya yoki prokurormi bogʻcha oʻyinlari. Xushlariga yoqsa, oʻyinchogʻini berib oʻynaydi, xushlariga yoqmasa, san bilan urishdim deb tortib olishadi. Xalqni oʻyinchoq qilmasligi kerak, xalqni, Prezidentni aldash yoki qiynash kerak emas.

Jaxongir Ruziboyev: Bularning hammasi Qunduz bobo-ku, ertakchi.

Abduraxim Fazliddinov: Deputatlarni ishi Prezident bilan xalq oʻrtasidagi vositachi, qanchalik xalqni dardi Prezidentga yetib borishi deputatlarga bogʻliq. Bular xohlasa, buyuk ishlar boʻlib ketishi mumkin, agar XOHLASA!

Shuhrat Mirsaidov: Yetib borsa kerak, lekin bu maddohlar xalqqa yetkazmaydi-da. Prezidentga xalqqa shunaqa qilibsiz deb, keyin xalqqa qilishmaydi, qarindoshlari bilan chekka joylardan xalqni puliga dacha qurishadi.

Latif Fazilov: Yetkazadi, iloji yoʻq, ishlamoqchi boʻlsa agar.

Muxiddin Axmadaliyev: Unakada Toshkentga kelayotgan ofat va balolar toʻxtab qoladiku! Yanayam iflos seriallarni qoʻyishsin. Ey Toshkent ahli, sizlarni orangizda pok insonlar koʻp boʻlmaganida, boʻlayotgan ishlarga allakachon Toshkentga halokat kelgan boʻlar edi. Olloh saqlasin.

Rustam Urumbayev: Muzokaralar asosida oʻtsa mayli. Ha, xoʻp boʻladi, hamma bir ovozdan… qarsak asosida boʻlsa, foydasi yoʻq. Serialmas, reklama ham yaxshi. 

Sarvar Dadajonov: Menimcha juda tinch muzokara boʻlsa kerak.

Shaxlo Djumaniyazova: Har kim oʻzini TV da koʻz-koʻz qilish uchun chapak oʻrniga dono fikr bildirishsa kerak.

Temur Jumanyoz: Toʻgʻri gap. Bu MTRKni boshliqlari atayin qilyaptimi, bilmayman.

Botir Kobilov: Taklifingiz bir ovozdan maʼqul.

Sherzod Qosimov: Tasanno, ajoyib taklif.

Gayrat Kalandarov: Juda ajoyib taklif, 100% qoʻshilaman.

Olim Rajabov: Yaxshi boʻlardi, qarsakbozlikni oʻrganar edik, bir ovozdan yoqlashni oʻrganar edik.

Ruslan Xakimov: U  yerda muzokara boʻlmaydi, hammasi oldindan maʼlum!

Shuxrat Jabbarovich: Yaxshi boʻlardi. Hech boʻlmaganda xalq oʻzi saylagan deputatlarini saviyasini koʻrib, xulosa qilardi. Bu esa keyingi saylovlarga ancha foydali boʻlardi. Kimni qayta saylash, kimni …ga tepishni aniqlashga yordam berardi.

Barno Sattarova: Har bir kanalni oʻzini Nizomi bor. Hammayoqni siyosatga aylantirsak, ishdan charchab kelganda qachon dam olamiz. Siyosat koʻrishni xohlaganlar tegishli kanallarni koʻrishi kerak, serial koʻrishni xohlaganlar shunga yarasha kanallarni koʻraveradi.

Ali Sher: Bekorchilar bular. Qarsak chalib oylik olishdan boshqasiga yaramaydi.

Urolbek Ergashev: Bizning parlament ijro etuvchi organ, qonun chiqaruvchi emas.

Muksin Usmanov: Toʻgʻri fikr.

Ataxon Ruzmetov: Eh, nahotki tushunmaysiz, axir ularda xalq gʻami-dardi yoʻq deyapmanku. Qalbida boʻlmagach xalqqa foydali, aqlli fikrni qaydan olishsin. Ular deputat darajasiga yetganidan boshlari osmonda. Buyogʻiga tinch, hech kimga yomon koʻrinmasdan, tinch ishlab vaqt oʻtkazish kerak. Mana ularning maqsadi.

Ataxon Ruzmetov: Albatta, payti kelganda qaynona-kelin yoki yoʻl harakati qoidasi haqida takliflar kiritishadi.

Ikromjon Xolmatov: Endi quruq qarsak tomosha qilamizmi? Oʻzi kanallarda maʼnili narsa qoʻyilmasa, sal zeriktirmaydigani shu seriallar boʻlsa.

Azamat Toshtemirov: Saylovchilar ularning faoliyatidan xulosa qilishib, sizu-bizga tanish boʻlib kolgan 2-3 deputatdan boshqasini saylashmasdi.

Jamoliddin Toshkent: Qachon qarama qarsak chalib oʻtiradi, xuddi bir narsani qoyillatgandek.

Hamidulla Rahmatullayev: 2-3 ta deputatdan tashqari hammasini haydash kerak dalaga.

Odil Abdurazakov: Toʻgʻri.

Azizov Baxtiyor: Foto dagi deputatlarning yoshi bir joyga borib qolgan, shular xalqqa xizmat qilarmidi, tushgacha amallab qarsak chalib oʻtirishadi-da, keyin uyga surishadi. Shuning uchun rivojlanish yoʻq.

Bahrom Kadirov: Albatta yaxshi ish boʻlgan boʻlardi.

Iqbol Jon: Shunda bizda haqiqiy demokratiya boʻlardi. Qirgʻizlar jonli koʻrsatishadi, yashirmay janjal boʻlsa ham koʻrsatishadi efirda. 

Ali Sher: Aqlli bashara qilishadi.

“Xalq fikri”dan


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.