18 +  RSS  E-mail
13:12, 12 06 2019

Qanday kasallikka chalingan bemorlarga dorilar imtiyozli beriladi?


Ambulator davolanishda dori vositalari bilan imtiyozli taʼminlanish huquqiga ega shaxslar ruyxati eʼlon qilindi:

— onkologik kasalliklarga chalinganlar;

— sil kasalligiga chalinganlar;

— moxov kasalligiga chalinganlar;

— endokrinologik kasalliklarga (qandli va qandsiz diabetga) chalinganlar;

— ruhiy kasalliklarga chalinganlar;

— OIV kasalligini yuqtirganlar;

— yurak klapanini protezlash va organlarni koʻchirish yuzasidan operatsiya qilingan shaxslar;

—  oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz pensionerlar;

— 1941-1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar;

— 1941-1945 yillardagi urush mehnat fronti qatnashchilari;

— Chernobil AESidagi halokat oqibatlarini tugatishda qatnashgan — nogiron shaxslar;

— baynalmilalchi jangchilar;

— harbiy xizmatni yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obʼektlarida oʻtagan pensiya yoshidagi shaxslar.

Samarqand viloyat hokimligi matbuot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.