18 +  RSS  E-mail
13:30, 10 06 2019

Koreya kompaniyasi Jizzax va Toshkent viloyatlarida gol’f-klub qurishni taklif qildi


Seulda Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi vakillari Ji Eun xonim boshchiligidagi  IRED investitsion kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashishdi.

Kompaniya rahbari Ji Eun xonim Oʻzbekiston iqtisodiyotning barcha sohalarida rivojlanish uchun kata salohiyatga ega ekani va Osiyo mamlakatlari Oʻzbekiston bilan turli yoʻnalishlarda hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini taʼkidlab oʻtdi. Xususan, Koreya tomoni Oʻzbekistonning energetika va turizm sohalariga sarmoya kiritish istagini bildirdi.

Shuningdek, IRED kompaniyasi vakillari bilan kechgan uchrashuvda Jizzax va Toshkent viloyatlarida gol’f-klublar qurilishiga doir loyihalar taklif etildi.

Muzokaralar yakunlariga koʻra, tomonlar oʻrtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Shuningdek, IRED kompaniyasi bilan Chirchiq daryosi boʻyida rivojlangan infratuzilmaga (mehmon uylari, futbol maydoni, kinoteatr, restoran va h.k.) ega dam olish zonasini yaratishning shart-sharoitlari muhokama qilindi. Loyihada 10 million AQSh dollari qiymatidagi investitsiya kiritilishi koʻzda tutiladi.

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.