18 +  RSS  E-mail
13:36, 10 06 2019

Demokratik ochiq savol: Qaysi sohalarda “shapka”ning narxi qancha?


Shaxlo Djumaniyazova: Tugʻruqxonaga hamshira boʻlib ishga kirish 1000 $.

Otabek Shomuratov: Kasalxonada doktorni salomingizga alik olishi kamida 100000 soʻm, bu faqat salomga-alik.

Ali Sahroyi: Maktabga oʻquvchi boʻlib kirish 100 dan 200 gacha! Teshib chiqqurlar!

Shaxlo Djumaniyazova: Prezidentimiz taʼkidlaganidek, tuman prokurori boʻlish narxi 40 ming dollar edi.

Baxadir Navruzov: 5 yil qamoqda oʻtirib chiqish 400.000 $.

Xasan Xasan: Bolalar bogʻchasi 50-100 dollar.

Ali Sahroyi: Majlisga kechikib borishni stavkasi bitta tepki yoki bitta zakaznoy haqorat!

Shohida Aripova: Nevaramni bogʻchaga navbati kelmayapti, davlat xizmatlar markazidan navbatga qoʻyishgan, kimga bersam boʻladi 50 dollarni?

Shaxlo Djumaniyazova: Koʻp qavatli uy, umuman qurilishda shapka 10 foiz saqlanib qolgan. Masalan 12-15 milliard soʻmlik obʼekt 1,2-1,5 mlrd shapka. Bu 140.000-176.000 $ degani.

…Shuning uchun ham Prezidentimizning “Oʻzbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan dastlabki bosqichda kapital qurilish va oliy taʼlim sohalarida “Korruptsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirishni tashkil etish belgilangani bejiz emas. Ushbu ikki sohada shapka koʻp uchraydi.

Said Akbarov: Shuni uchun qurilgan uylar sifatsiz boʻlyapti-da. Quruvchiyam berilgan shapkani chiqarib olishi kerak-da.

Zafar Xamdamov: Oltin koniga lahm oʻtuvchi boʻlib oʻtish 3700$gacha chiqibdi.

Shaxlo Djumaniyazova: Qiziq, sud’ya boʻlish qancha ekan?

…Prokurordan qimmatroq.

Sanjar Rajabov: Tuman 50.000 dan boshlanadi, shahar kami 100.000$ dan, undayam tanish boʻlsa.

Zuhriddin Qayumov: Qoʻyliqdagi mardikor bozorga ishga kirish 1200 soʻm, avtobusga chiqasan, yetib olasan.

Kamol Hamroyev: Bu mavzuni yopish uchun kimga qancha berish kerak. Korruptsiyani yoʻqotish uchun qonunni toʻliq ishlatish kerak. Korruptsiya qayerdan keladi, oʻzi nima uchun bu holatga kelib qolgan, ildizi qayerda? Avvalo shu narsani topish kerak. Koʻp narsa aytsa boʻladi bu haqda. Nafsidan tashqari oʻziga bogʻliq boʻlmagan kelib chiqish sabablari bor.

Masal: Yogʻoch mixdan gʻazablanib “nega doim meni bagʻrimni teshasan” desa, mix aytgan ekan: “Meni boshimga tushadigan zarbalarni bilganingda edi meni tushunar eding”.

Timb Shredz: Viloyat hokimi va vazirlarniki kancha ekan?

Shavkatbek Kodirov: Maktabga direktor boʻlish 800$.

Xolbibi Ergasheva: MIBlar hozirgi kunda chiqindi, suv deb istagan pulni rasmiylashtirib, xonadon egalariga berayapti. Xonadon egalariyam anoyimas, toʻlov kvitantsiyalarini koʻrsatishayapti. MIB dagi masʼul ham ishbilarmon ekan, 100000 soʻm bersangiz, yopib, komp’yuterdan tozalab qoʻymoqda. Xoʻsh, MIB masʼulining aytganini berib, qutulib qoʻya qolay, aaa… nima dedingiz!

X.Tursunaliyevich Xasanov: Oʻsha inspektorni ustidan ariza bilan shikoyat qilishingizga nima halaqit qilyapti?

Shuhrat Axmedov: Bitta kompyuter emas-da, bu MIB chi pulni qilib qochadi, narigisi kelib, yana iladi, eskisi Rossiyaga ketgan boʻladi.

Bekzod Hurramov: Diplom ishi va uni himoyasi 500$.

Gayrat Kalandarov: Butun respublikada har qaysi ishxonada qayerda koʻproq, qayerda kamroq boʻlsayam, pora olishlar uchrab turibdi. Buni inkor qilish qiyin. Lekin shu pulni bermasak xam ishimiz bitishi mumkin ekanligini oʻzimiz unutib yuborganmiz.

Bekzod Raxmonov: Pulsiz bitmaydi, hamma biladi buni. Pulsiz hal qila olsangiz, poytaxtda katta ishda kimingizdir bor.

Avazxon Xasanov: Bu shapkani har joyda narxi har xil.

Uzokjon Raxmatullayev: Menimcha shapka degan narsa yoʻqolyapti.

Sherzod Abdullayev: Shapka yoʻqolib oʻrniga norka doʻppi paydo boʻlyapti.

Baxodir Radjabov: Avj olyapti, Sherzodni gapi toʻgʻri.

Abdumalik Kuchkarov: Berishni toʻxtatib, shu xalq uchun, millat uchun deb terpilani yoqib s’yomka qilib tutib beradigon zamon keldi-yov manimcha.

Gordon Ballford: Kurs loyihasi (himoyasi bilan) 50-150 ming soʻm.

Shuxrat Siddikov: Shunday insonlar bor, ular oʻz sohasini as lari, ularni bepul ishga olishadi.

Baxodir Radjabov: Qayerda??? Odamni kuldirmang!! Oʻz sohasini aslari xususiy sektorga, tadbirkorlikka va biznesga oʻtib ketyapti, xususan vrachlar, oʻqituvchilar va hokazo!!!

Dilmurod Nurdinov: Judayam zoʻr narsani yozibsiz. Har oy soʻrov oʻtkazib turing. Shifoxonalar ham esdan chiqmasin, orderlar masalasi.

Dilmurod Nurdinov: Armiyani oldin narxi 2 mln edi, hozir bilmayman.

Muxammadumar Aripov: Bozorda doʻkon olish — yaxshi joy boʻlsa 150$, chekkarogʻi boʻlsa 50$

Shaxlo Djumaniyazova: Organga oddiy xodim boʻlib ishga kirish qancha?

…Ilgari 3-5 ming edi, hozir esa…

Javlon Kasimovich: Bizni paytda kurs ishi 200$ edi. Hozir bilmadim. Maktabga ishga kirish 300-500 $gacha. Bogʻchaga 100-200 $. Hamshira 300-400 $. Eshitganimda bu.

Farxodjon Umirzoqov: Oʻtgan yili Fargʻona Davlat universitetiga jismoniy taʼlim yoʻnalishiga 3-5 ming dollar boʻldi kirish, bu yil bilmadim. 

Xotamjon Tuxtayev: Xokimlik qancha kim biladi?

Sanjar Rajabov: 40+

Xotamjon Tuxtayev: Arzon.

Sanjar Rajabov: Endi 40 ming bir ogʻizdan chiqib ketadi. Uni topish-chi?

Muksin Usmanov: Maktabga 50-200 $ gacha

Ozoda Aliyeva: Namangan davlat universiteti ingliz tili fakul’tetida diplom ishi 300-500$ gacha.

…Domlalarning oyligini oshirgan bilan foydasi yoʻq ekan-da, baribir eski hammom, eski tos.

Sodiq Qurbonov: MRDI magistraturasi 1000 $.

Anvar Kadirov: MIB 1000 $.

Nora Fayzullayeva: Qadam qoʻysam oʻz yurtimda, oʻz shahrimda PUL!!!

Kamron Kamronov: Qishloq mahalla kengashini xotin-qizlarga oʻrin naq koʻkida 200$ berarkan, ishga oʻtarkan. Yoʻq, men porasiz ishga joylayman degan tuman xotin-qizlar rahbari oʻrtaga chiqsin-da. Bola-chaqasini oʻrtaga qasam qoʻysin-chi, yoʻq qoʻyalmaydi, bu fakt.

Kamron Kamronov: Eng arzon narx meni joyim ekan. Rossiyaga olib borish. Atigi 100 $.

Karim Mirxodiyev: Xamma ishni narxini bilarkansizlar, Prezident bilmaydi-da bu narxlarni.

Kamron Kamronov: Shifoxonaga ishga kirish naq koʻkidan bosh shifokor choʻntagiga. Xalq taʼlimida ayrimlari bor tumanlarda. Tiliga jun chiqib ketgan, qoʻshimcha tabel olib yuradigon direktorlar bor. Kekkayganlar. Taʼlim boʻlimini buxgalteri, kassirlari oʻxoʻoʻoʻv ministray ministr. Maktabimizda elektrik shtati borligini yaqin 2 yilda bilibman. Shundayin yashirincha shtatlarni yeb yotganlar qancha?

Tolibjon Choriyev: Kecha oshnam 35 ming soʻmlik shapkani 28 mingga oldi. Ranggi oʻchadimi deyman.

Nuriddin Xalikov: Xoʻp, oʻzi ishga kirish uchun ekan, hatto davlat yoʻllarini asfal’t qilish uchun davlat planiga tushirish uchun ham pora soʻrashadi nomardlar. 100-200 $ yoki 500 $ emas, eng kami 1000-2000 $ soʻrashadi. Shunda ham asfal’t qilishsa ham, 6 oyga zoʻrgʻa chidaydi asfal’ti.

Ulug Bek: Yer ajratish top-1.

Muzaffar Boyxonov: Mana bizda ishga kirish bekorga, ammo pul bermay ishga kirganlar ishni umuman nazariga ilmaydi

Xon Zoda: Farrosh 200 $.

Maxbuba Xazratkulova: Eh, nima foyda yozgandan. Ijobiy natija chiqadimi? Natija boʻlganda hamma sohani aniq yozib berardim.

Shokir Saidov: Akademik litsey oʻqituvchisi 300-400 $.

Fozil Normatov: Qurilish sohalari boʻyicha shapka 1500-2000 koʻkat, bu aniq menimcha.

Anvarjon Shomirzayev: Nega abituriyent va talabalar jim?

Bunyod Boboyorov: Chunki otasi qancha pul berib kirgizganidan xabarlari boʻlmasa kerak.

Anvarjon Shomirzayev: Sessiyalarni ham otasi yopmagandir?

Shuxrat Chuliyev: Juda maydalashib yozilibdi 1.000.000 $ shapkalar ham bor.

Mirza Anvar: Ilgari tuman hokimligi 100 ming $, viloyat hokimligi 1 mln $ edi, deb eshitganman. Shu bilan birga tuman, viloyat IIB lari ham deyarli shuncha bilan mansabga oʻtirishar edi. Shundan qiyos olaveringlar!

Gulnora Oripova: Toʻgʻri pul koʻtarib yurib ham pulidan, ham mansabidan, ham sogʻligidan ayrilganlarni bilaman. Mansab shunchalik ohangrabomi?

Mirza Anvar: Mansab ham dehqonchilikka oʻxshaydi, 1 tonna kartoshka eksangiz, 10 tonna kartoshka olasiz. Ular 1 mln $ pora berib, mansabga oʻtirishsa bir yilda 10 mln $ qilib chiqarishib olishadi. Korruptsiyaning boshi shu!

Dilmurod Nurdinov: Ha yana postdagi GAIlar yuk mashinalardan oʻtganidan 3000-5000 oladi, kun davomida ancha boʻlib qoladi, deb eshitganman.

Shavkatbek Qodirov: Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari 200 $. Tuman XTB mudirligi 10.000 $.

“Xalq fikri”dan


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.