18 +  RSS  E-mail
11:28, 07 06 2019

Tibbiy vositalar endi oʻzimizda tayyorlanadi


Yangibozor tumanidagi Choʻbolonchi qishlogʻida yiliga 40 million dona tibbiyot momiqli va sterillanmagan bint ishlab chiqarish quvvatiga ega korxona ish boshladi.

Umumiy qiymati 2 milliard 370 million soʻmlik mazkur loyiha doirasida barpo etilgan korxonaga xorijdan 987 million soʻmga uskuna va texnologiyalar keltirib oʻrnatildi. Ilgʻor texnologiyalar bilan jihozlangan ushbu zamonaviy korxonada ishchi-xizmatchilarning samarali faoliyat yuritishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Korxona hududi, atrofida katta xajmdagi obodonlashtirish ishlari amalga oshirilgan.

— Korxonamizda yiliga 40 million dona sifatli tibbiyot momiqi va sterillanmagan bint ishlab chiqariladi, – deydi “ELINZA” ishlab-chiqarish va savdo firmasi rahbari Yoʻldosh Ernazarov. — Mahsulotimizni ichki bozordan tashqari Rossiya  davlatiga eksport qilamiz.

Zavod ishga tushirilishi bilan 10 kishi doimiy ish oʻrniga ega boʻldi. Ularning 80 foizi xotin-qizlardir.

Korxona ochilishida Xorazm viloyati hokimi F.Ermanov qatnashdi va soʻzga chiqdi.

Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.