18 +  RSS  E-mail
11:30, 07 06 2019

Shakar nima sababdan xavfli?


1. Isteʼmol qilingan shakarning organizmda ishlatilmagani yogʻga aylanib, yigʻilib boradi.

2. Shakar hujayra nafas tizimini ishdan chiqaradigan toksik modda hisoblanadi.

3. Tozalangan shakarda foydali tabiiy minerallar yetishmaydi, ortiqcha kaloriyadan boshqa narsa emas.

4. Koʻp miqdorda shakar isteʼmoli organizm disbalansiga olib keladi.

5. Organizm qonni himoya qilish uchun suyaklar va tishlardan kal’tsiyni yuvib chiqadi.

6. Har kuni shakar isteʼmol qilish jigar, buyrak, yurak atrofida yogʻ toʻplanishiga olib keladi. Ortiqcha yogʻ qorin va sonda yigʻiladi.

7. Shakar isteʼmolidan 10 daqiqadan soʻng immun tizimida pasayish kuzatiladi.

8. Organizmning infektsiyalar bilan kurashi pasayadi.

9. Shakar adrenalin gormonining oshishiga olib keladi. Shuning uchun shakar koʻp isteʼmol qiladigan bolalarda giperaktivlik kuzatiladi.

10. Tozalangan shakarni koʻp isteʼmol qilish oshqozon osti bezining zoʻriqishiga olib keladi. Qandli diabetga moyillikni oshiradi.

11. Shakar kandida mikroblarining oʻsishiga qulay sharoit yaratadi.

12. Surunkali charchash, bezovtalik va jahldorlik oshadi.

13. Yurak xastaliklariga moyillik ortadi.

14. Saraton hujayralari ham shakarni yaxshi koʻradi.

15. Shakarxoʻrlarda kollagen tuzilishi oʻzgarishi sababli terining erta qarishi kuzatiladi.

Malika SALIMOVA.

“Oqibatlilar”dan


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.