18 +  RSS  E-mail
11:33, 07 06 2019

Rahbar zararni choʻntagidan toʻlaydi


Bir paytlar otam Suriya Arab Respublikasida sugʻorish tarmoqlarini kengaytirish va qishloq xoʻjaligi ekinlari hosildorligini oshirish boʻyicha bosh ekspert-muhandis sifatida uch yil ishlagan va eʼtiborga loyiq boshqaruv tizimi haqida soʻzlab bergandi.

Suriyada xususiy sektor asosiy oʻrinni egallagan boʻlib, har ikki oilaning biri shaxsiy uyining birinchi qavatida savdo yoki xizmat koʻrsatish shoxobchasi tashkil qilgandi.

Davlat korxona-tashkilotlarida ishlaganlar imtiyozli pensiyaga chiqishardi, chunki bilimi yuqori boʻlgan, masʼuliyatni chuqur his qilgan mutaxassisgina unda ishlay olardi. Rahbar ish buyurganida, xato boʻlib davlat yoki fuqaro zarar koʻrsa, buyruq bergan shaxs zararni oʻz choʻntagidan toʻlardi. Rahbar boʻlib ishlash uchun yo bilim-uquving, yo koʻp miqdorda puling boʻlishi shart edi. Shuning uchun davlat korxonasida rahbar boʻlib ishlashga talabgor kam edi.

Respublika aholisining ijtimoiy himoyasi kuchli edi. Koʻchmanchi badaviylar, masalan zaytun terib, olti oy mavsumiy ishlab topgan mablagʻi yana yarim yil ishlamasdan oilasini boqishga yetardi.

Aholi uy-joyli boʻlishi oson edi, chunki davlat tomonidan 1 foizli ipoteka krediti berilardi. “Yoshlar uchun uy-joy” loyihasi boʻyicha deyarli bepul. Kasaba uyushmasidan turar-joy dasturi boʻyicha uy tannarxi boʻyicha sotilardi. Bunda ishchi-xodim tannarx pulini 5-20 yil davomida boʻlib-boʻlib toʻlardi.

Shaxlo Djumaniyazova: Bizda esa teskarisi. Rahbar yetkazgan zararni jarimani oshirish hisobiga xalq toʻlaydi yoki byudjetdan toʻlanadi.

Maksud Ibragimov: Bizlarda ham yaxshi….Faqat bir-ikkita podabuzarlar bor.

…Yangi turdagi jarima oʻylab topilishining sababi oydinlashmoqda. Demak qaysidir rahbar xato qilgan va u yetkazgan zararni qoplash lozim.

Gulbahor Umarova: Yana turmush qurmagan qizlarni davlat oʻz himoyasiga olib, bir umr boqishini ham eshitgandim.

Essiz shunday davlatni xor qilishdi.

Shaxlo Djumaniyazova: Agar rahbar byudjet va xalqqa yetkazgan zararini choʻntagidan toʻlasa, unda bizda amalparastlar va kursi talashishlar kamayardi.

Kapitan Nemo: Uning nomi sotsializm edi. Qonxoʻr va jallod tuzum, deyishadi ayrimlar.

Shaxlo Djumaniyazova: Yaʼni xalqni kuchli ijtimoiy himoya qilish, amaldorlarni emas.

Ulugʻbek Yusupov: Liviya, Suriya deganlariga yetishimizga koʻp qovun pishigʻi bor hali.

Mamura Muminovna: Shunaqa narsalarni bizda ham tatbiq qilishsin, qasr uyda oʻtirib farani yoq, Yevropa standarti demasdan.

…Zararni oʻz choʻntagidan toʻlaydigan tizimda rahbar boʻlish uchun pora berishning zarurati yoʻq. Muhimi bilim va tajriba.

Shaxlo Djumaniyazova: Olti oy ishlagani yana olti oy yeyishga yetsa, demak terim uchun yaxshi haq toʻlasharkan.

Bobir Ibragimov: 6 oy ishlasang, 1 oy ishlamay yotsang, 6 oy burningdan chiqadi.

Sadriddin Nosirov: Shunday davlatlarni kim xarob qildi. Afsus.

Vaxob Samarqand: Suriyada juda katta boylik bor edi, uni koʻrolmagan dushman koʻp.

Sherzod Qosimov: Suratga qarab toʻymaydi kishi, qoyil !

…Xafsala bilan yetkazgan zararni choʻntagidan toʻlayapti. Kursi kerak boʻlsa davlatga toʻlaydi-da, kimgadir emas.

“Xalq fikri”dan


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.