18 +  RSS  E-mail
11:26, 07 06 2019

“Besh tashabbus — besh imkon!”


Yoshlar ertangi kunimizning egalari hisoblanadilar. Ularga qanchalik eʼtibor qaratsak, kelajagimiz shunchalik yorqin boʻladi, desak adashmaymiz.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlarga eʼtiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularga axborot texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini singdirish, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalari boʻyicha belgilangan 5 ta ustuvor tashabbusni ijrosini taʼminlash borasida davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikda Jizzax viloyatida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Navbatdagi tadbir Jizzax viloyati hokimligi, IIB, Oʻzbekiston qizil yarim oy jamiyatining viloyat tashkiloti, “Istiqlol Avlodi” NNTsi tashabbusi bilan Zarbdor va Paxtakor tumanlarida beshta tashabbusni amaliyotga joriy etish maqsadida joriy yilning 2 iyun kuni ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari, ichki ishlar boʻlimlarida profilaktik hisobda turuvchi voyaga yetmaganlar hamda ichki ishlar boʻlimi profilaktika xodimlari oʻrtasida sportning mini futbol turi boʻyicha viloyat musobaqasi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda soʻzga chiqqan viloyat hokimi oʻrinbosari E.Ismatov yurtimiz kelajagi yoshlar qoʻlida ekanligi, ular qanchalik maʼnaviy barkamol boʻlsa, turli salbiy illatlarga hamda huquqbuzarliklarga qarshi immuniteti ham shunchalik kuchli boʻlishini taʼkidlab oʻtdilar.

Zarbdor va Paxtakor tuman yoshlari va IIB xodimlar oʻrtasida futbol boʻyicha musobaqalari ham oʻz yakuniga yetgach, gʻolib va sovrindorlar sovgʻalar bilan taqdirlanishdi.

A. BOYNAZAROV,

“Istiqlol Avlodi” NNT axborot boʻlimi xodimi


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.