18 +  RSS  E-mail
12:30, 03 06 2019

Toshkentga uchgan kuyovlar


Ilgari toshkentlik kuyov tomon 500 soʻm pulni beliga tugib, bitta qoʻchqorni yetaklab boʻlajak kelinning uyiga sovchilikka borardi. Keyin qiz bitta “KamAZ” toʻla mebel va ashqol-dashqollar bilan kuyov xonadoniga kelin boʻlib kelardi.

Viloyatlarda esa kuyov tomon 2-7 ming soʻm “qalin puli”, 1 ming soʻmlik sigir-buzoq quda tomonga berardi. Oʻsha paytda bitta “Jiguli” avtomashinasi 5 ming soʻm edi.

Bunday “soliq solish” koʻpchilik ota-onaga qiyin edi. Shuning uchun ayrim yigitlar Toshkentga kuyov boʻlishga intilishardi.

Kuyovlar kamayib qolgach, viloyatlarda ham Toshkentcha “urf-odat” rasm boʻla boshladi. Endi viloyatlarda kelin tomon fura avtomashinasini toʻldirib, yotoqxona, zal va oshxona mebellari, tikuv mashinasi, changyutgich, kir mashina, idish-tovoq yuvish mashinasi, muzlatgich, konditsionerdan tortib igna-supurgi-yu gugurtigacha olib kelib, kuyov uyini bezaydigan boʻldi. Iya, esdan chiqibdi, bunisi yetmaganday kuyovni ham yasantirib qoʻyadi.

Natijada qaynonaning “sepli kelinimdan aylanay” deb erkalaganidan kelinning tili bir quloch oʻsadi.

Zilola Turdaliyeva: Hech narsasiz quruq kelganlarning tili juda uzun boʻladi.

Yoqut Shermatova: Ota-onani hammayam qadrlasa kerak, lekin kuyov tomonga oshirib-toshirib narsa qilib borish oʻz qadrini ikki pul qilgandek.

Zilola Turdaliyeva: Kuyov ham qalin puli, sut puli bermasin.

Yoqut Shermatova: Toʻppa-toʻgʻri narsasida emas gap, lekin hozir tarbiyasizmi, boshqami kelin boy boʻlishini afzal koʻrishadi.  

…Kelin uchirayotgan kuyov Karlsonga oʻxshaydi, faqat parraksiz.

Qizlarxon Abdullayeva: Kelin aslida hech narsasiz kelsa tinchroq va baxtliroq boʻlishi mumkin.

Abdraimdjan Oxunov: Shuning uchun kelin hech narsaga muhtoj boʻlmay yasanib, erini topganini yeb oʻtirgan. Hozir toʻqlikka shoʻxlik chetni xavas kiladi. Kerak boʻlsa saunalarda ish joyi bor, oson pul topish uchutsn. Bu ketishda dalada paxta ekadigan, mehnat qiladigon kelinlar osongina pul topishga oʻtib oladi. Umuman 40 yoshgacha ayollarni chetga chiqishini menimcha oʻylab koʻrish kerak.

Zilola Turdaliyeva: Dabdabali toʻyni qanaqa foydasi bor, tushunmayman. Undan koʻra dunyo kezishi, dam olishi kerak ota-ona.

Shaxlo Djumaniyazova: Kiyimlar modadan qoladi, mashinalar buziladi, undan keyin-chi? Kelin-kuyov ota-onaga yuk boʻlmasdan oʻzlari ishlab topib, oʻzlari sotib olishsa qadrli boʻladi.

Qodirjon Gapparov: Tan olaylik, achchiq haqiqat, ayol-qizlarimizni oʻzimiz hurmat-izzatini oyoq osti qilyapmiz. Bu urf-odat millat uchun sharmandalikdir.

Nilufar Axmedova: Yosh oila hayot boshlashi uchun shularning hammasi kerak emas. Undan koʻra kuyov uddaburon va ishbilarmon, kelin saranjon-sarishta, ozoda, chaqqon boʻlsa, yaʼni ikkalasi yaxshi tarbiya olgan boʻlsa, hammasini vaqti bilan qilib olishadi. Boshida eng kerakli narsalar boʻlsa boʻlgani. Shunda hayotga ham masʼuliyatliroq qarashadi.

Sarvar Umarov: Xotinning puliga yashaydimi keyin?

Gulyasik Esbergenova: Afsuski shunday ekan.

Sarvar Umarov: Uylanib balo bormi unakada?

Rano Kabilova: Ha shunaqa boʻlib qoldi. Hindlarga oʻxshab hali qiz tomon qalin ham toʻlaydi

Mahliyo Ergasheva: Kuyovni boqasan, ota-onasini boqasan, opa-singillarini ham boqasan, xizmatiniyam, hurmatiniyam oshirib qilasan, yana sen yomonsan kelin! Oʻzing uchun arzimagan narsa soʻraysan, tili uzunga chiqasan.

Dilafruz Saidova: Shuning uchun yoshlar oʻzlari sotib olgani maʼqul. Ilgari shunday edi, eslang. Ajrashishlar ham kam edi. Oʻzini koʻz-koʻz qilish kimga kerak, Mentalitet va fikrlashni oʻzgartirish kerak. Hovlida 21 asr. Agar shunday davom etaversa, bechora ota-onalar. Yoshlar buni qadrlamaydi, agar birgalikda oʻzlari ishlab topgan pulga narsa olishsa, qadrlashadi va juda ham xursand boʻlishadi.

…Kim «qalin puli» toʻlasa, uyda shu xoʻjayin!

Farxod Ismailov: Haqiqat

Saida Togayeva: Qaynonalar kelishib kamxarj toʻy qilishsa, olam guliston. Hammasiga ayollar sabab, dabdaba boʻlib ketyapti.

Zoxitjon Axmadaliyev: Xarom amallar koʻpaygan sari qiyinchiligimiz oshib jahannamga “chipta” olyapmiz. Bizga qandoq yashashni paygʻambarimiz oʻrgatib ketgan… Oriyat, gʻurur, dinu diyonat, hayo dorixonada sotilmaydi.

Seydul Jaksimuratov: Opqochib oʻrganinglar, lekin yigit toʻlaydi qalin pulini, lekin aytgan qalinni emas, boriga baraka. Shunga rozi qilib, qiz rozi boʻlsa boʻldi asosiysi.

Irina Xodjaniyazova: Mening erga beradigan sepim yoʻq, onam koʻrsin sep rohatini.

Aziza Egamova: Bu pul…! Pul esa odamni achchiq ichagidan boʻladi. Shuni uchun kim pul topsa, shuni tili uzun hammamizga insof bersin.

“Xalq fikri”dan


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.