18 +  RSS  E-mail
12:25, 03 06 2019

Tomonlar oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirishda konsullik idorasining hissasi katta


Oʻzbekistonning Mozori Sharifdagi konsuli Mirodil Abdurazzoqovning Afgʻonistondagi diplomatik missiyasi yakunlanganligi munosabati bilan Surxondaryo viloyati hokimligida uchrashuv oʻtkazildi.

Mamlakatimizning Mozori Sharifdagi konsullik idorasi faoliyat xududiga Afgʻoniston shimolidagi Balx, Jouzjon, Samangan, Sari-Pul va Faryob viloyatlari hududi kiradi.

Konsullik bu yerga vaqtinchalik kelgan Oʻzbekiston fuqarolarini konsullik roʻyxatiga olish, ularga tegishli huquqiy yordam koʻrsatish, konsullik hududida yashayotgan Afgʻoniston fuqarolarining Oʻzbekistonga kirish vizalarini rasmiylashtirish, shuningdek, Surxondaryo viloyati hamda Afgʻonistonning shimoliy viloyatlari oʻrtasida savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish, afgʻon sarmoyadorlarini jalb qilish, investitsiya loyihalarini olib kelishga koʻmaklashib keladi.

M.Abdurazzoqov soʻnggi 10 yil davomida konsul vazifasini bajarib kelayotgan edi. Uchrashuvda uning ikki tomonlama samarali hamkorlikni kengaytirishga qoʻshgan salmoqli hissasi alohida eʼtirof etildi. Oʻzbekistonning Mozori Sharifdagi konsuli etib tayinlangan Jaʼfar Fattayevning yangi faoliyatiga muvaffaqiyat tilandi.

Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.