18 +  RSS  E-mail
11:31, 31 05 2019

2019/2020 oʻquv yilidan yangi tibbiy taʼlim yoʻnalishlari ochiladi


Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Oʻzbekiston milliy matbuot markazida “Tibbiy taʼlimdagi islohotlar — tibbiyot sohasining taraqqiyot mezonlaridan biri” mavzusidagi navbatdagi matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Unda qayd etilganidek, Prezidentimizning 2019 yil 6 maydagi “Tibbiyot va farmatsevtika taʼlimi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori tibbiy taʼlim tizimini yangi bosqichga koʻtarish, sohada yechimini kutayotgan ustuvor vazifalarni ijro etishda muhim huquqiy asos boʻldi.

Ushbu hujjat bilan tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida 2019/2020 oʻquv yilidan klinik psixologiya, biotibbiyot muhandisligi, dori vositalarini standartlash, sertifikatlash va sifat menejmenti kabi bir qator yangi taʼlim yunalishlar ochiladi. Shuningdek, endilikda tibbiyot kollejlarida ham oʻqitish muddalarni 3 yildan 2 yilga qisqartirilib, fel’dsher-laboratoriya ishi, fel’dsherlik ishi va tibbiy-ijtimoyi ishi kabi yangi taʼlim yoʻnalishlarida malakali oʻrta tibbiyot kadrlar tayyorlanadi.

2019/2020 oʻquv yilidan boshlab respublikamizning tibbiyot oliy taʼlim muassasasalari va filiallarida Rossiya, Germaniya, Koreya Respublikasi, Turkiya, Xindiston kabi xorijiy davlatlarning 20 dan ortiq bakalavriat, magistratura va klinik ordinatura mutaxassisliklari boʻyicha qoʻshma dastur asosida xalqaro fakul’tetlar va yangi oʻquv yilidan Rossiyaning N.I.Pirogova nomidagi Rossiya tibbiyot universiteti filialini tashkil etilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, Akfa universiteti hamda Aju universitetlari ham tashkil etildi.

Yana bir eʼtiborli tomoni, joriy yil davomi 500 nafardan ortiq mutaxassislarimiz chet elga malaka oshirishga yuborish va 400 nafardan ortiq xorijlik mutaxassislar tomonidan yurtimizda mahorat darslari va operatsiyalar tashkil etish boʻyicha ishlar olib borilayapti. Soʻnggi bir yarim yil ichida tibbiyot oliy taʼlim muassasalari va ixtisoslashtirilgan markazlarda tashkil etilgan 10 ta ilmiy qengashlarda 173 dan ortiq himoya kilinib, shundan 107 nafari tibbiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) va 66 nafari tibbiyot fanlari doktori (DSc) boʻldi.

Bundan tashqari, 2019-2022 yillarda Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti va tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida bosqichma-bosqich oʻquv-simulyatsion markazlar tashkil etish hamda 2020 yildan boshlab, har yili tibbiyot oliy taʼlim muassasalari talabalari va tibbiyot kollejlarining oʻquvchilari orasida klinik fanlar boʻyicha Ibn Sino nomidagi xalqaro tibbiyot olimpiadalari, shuningdek, yosh olimlar orasida Ibn Sino nomidagi xalqaro ilmiy tanlovlar oʻtkazilishi yoshlar uchun katta imkoniyat boʻldi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.