18 +  RSS  E-mail
12:59, 28 05 2019

Somonli loy suvoqning qadri xorijiy investor nigohida


Arabistonlik yirik investor Oʻzbekistonda qator mehmonxonalar qurish istagini bildirdi. Tajribali arxitektor va loyihachilarimiz tashqi qoʻrinishi milliy naqshlar bilan bezatilgan, yevropacha andozaga mos 10 qavatli mehmonxona loyihasini tayyorlab berishdi.

— Keng shisha oynali plastik deraza, plastifikator va yelim qoʻshilgan suvogʻ, alyumindan qoplangan devor, laminant pol, gipsdan boʻlgan shiftli uyga tabiiy havo kirmaydi. Bunaqa diqqinafas uy va mehmonxonalar bizda koʻp. Sayyohlarimiz dam olishga, sogʻligʻini tiklashga kelishadi. Bizlarga deraza va poli taxtadan qilingan, paxsa loy devorli, somonli loy suvoqli milliy mehmonxona loyihasini tayyorlab beringlar. Tabiiy narsalar sogʻliqqa foydali, — dedi kutilmaganda arabistonlik investor…

Guzal Alimova: Xoʻp, shu mehmonxona xalqqa nima beradi, eshitaylik-chi? Shu ishni oʻzimizning tadbirkorlar qilishiga sharoit qilib bersak boʻlmaydimi, yerlarimizni begonalarga sotmay. Xom ashyo va qurilish materiallari oʻzimizdan chiqsa, shagʻal qum beton deganday, ishchi kuchi arzon, nima kerak yana mehmonxona qurishga? Kredit berilsin va yer berilsin oʻzimizni tadbirkorlarga.

Jahongir Roʻziboyev: Boʻlmaydi, unda xalqimiz boyib ketadi, boshqalar pulni olib ketishi kerak bizda.

Guzal Alimova: Shunday. Oʻsha rasmdagi koʻrinishdagi uyni bogʻidan gʻisht quyib tiklab qoʻyadi odamlar bepulgina. Yer bersa boʻldi. Yer sotishlarni, yerni chetga berishlarni orqasida katta pullar turibdi, hech kimga sir emas. Rahbarlarga insof bersin.

Jahongir Roʻziboyev: Qachon insof berarkina, kachonki kimligini aytmadim adolatli hukm chiqarsa, shunda dili boshqa, tili boshqa boʻlsa, unda imkoni yoʻq degan ekan mashoyihlarimiz. Adolat boʻlmas ekan, bu narsalar yoʻqolmaydi.

Ortiq Nurjamolov: Ular ham quraversin, oʻzimiznikilar ham, hech kim halaqit berayotgani yoʻq-ku.

Alixon Kenjayev: Bu mehmonxonalarni xoʻjayinlari oʻzimiznikilar boʻladimi, xorijliklar boʻladimi, oddiy xalqqa hech qanaqa foyda bermaydi…

Furqat Pardayev: Loy shuvoq qattiq selda yuvib ketmaydimi? Gips ham tabiiy-ku, ming yillar oldingi uylar hozirgacha turibdi, gips bilan suvoq qilingan yomgʻir yuvmaydi.

…Gips suvni tez shimuvchi boʻlib, sel payti somon suvoqqa nisbatan paxsa loy devordan tez qoʻpchib ketadi. Ichki xonalarni gipsokarton bilan qoplash nazarda tutilgan. Somonli loy gipsokartonga nisbatan havoni yaxshi oʻtkazadi.

Furqat Pardayev: men ancha yil qurilish sohasida ishlaganman, biogazobloklar hozir zamonaviy, endi paxsa modadan qolyapti, gazobloklar ixcham, yengil, terishga ham qulay, orasiga temir setka qoʻyib tersa, 10 qavatga ham bardosh beradi, loy suvoqlar Oʻzbekistonda umuman yomgʻir yogʻmaydigon joylarga toʻgʻri kelsa kerak. Gips bilan qilingan eski imoratlar hozirgacha turibdi.

…Gazoblok eng sifatsiz qurilish materiali, tirnoq botadigan yumshoq material.

Shaxlo Djumaniyazova: Oʻtmishni eslatuvchi milliy uylarimizni buzib, oʻrniga zamonaviy koʻp qavatli uylar quraversak, xorijlik sayyohlar oqimi keskin kamaymaydimi? Undan koʻra, qumliklar va boʻsh yotgan yerlarda koʻp qavatli sitilar qurilsa, ham zamonaviy, ham oʻtmishni eslatuvchi binolar uygʻunligi taʼminlanardi.

Ulugbek Xidirov: Investorni aytganini qilib loy suvoq mehmonxona qurib imidjimizga putur yetmaydimi? Loy suvokdan ham havo oʻtmaydi-ku.

…Somonli loy suvoq mayda tirqishlaridan havo yaxshi oʻtadi. Sayyohlar oʻtmishdagi uy-joylar va obidalarni koʻrish uchun kelishadi.

Abdumutal Temirov: Investorni bizni qishloq tomonlarga yuboringlar, koʻrsatamiz…

…Sogʻliqqa foydali tayyor tabiiy mehmonxonalar.

Oʻrmonali Urinov: «Yangi kurilish texnologiyalari» loydan(paxsadan) 3D rejimda turar-joy maketini qurib, tajribadan oʻtkazishdi. Bu texnologiyada quriladigan turar-joylar oʻzining juda arzon turishi va ekologiya jihatidan foydalik tomonlarini amalda sinovdan oʻtkazishdi. Oʻzimizning «paxsa» usuli va qurilishning 3D texnologiyasi uygʻunlashtirilsa, Oʻrta Osiyo sharoitida turar joysiz oila qolmas edi.

Iloji boricha ZD printerda loy (paxsa) bloklar ishlab chiqarilsa, mana bunisi ekologik toza qurilish materiali boʻlardi.

Shermamat Jamilov: Paxsali uyga nima yetsin.Ekologik toza xonalar nafas oladi. Qishda issiq, yozda salqin.

Samandar Zayniddinov: Sogʻligʻini tiklashga deb oʻzingiz oʻylab yozdingizmi?

…Oʻzimizni yigitlar tayyorlagan zamonaviy loyihaga arabistonlik investor bildirgan fikr bu, mening fikrim emas. Ular paxsa devorning va Amudaryo loyqa suvida choʻmilishning qadrini bilishiga bizlar ham hayron qoldik. Mehmonxonani Amudaryo sohilida qurish rejalashtirilgandi.

Xasan Usarov: Paxsa devor ekologik toza, tabiiy hisoblanadi. Yozda salqin, qishda issiq saqlaydi. Shu bilan birga xonalar havo almashishi ham saqlanadi. Bu usul ham sayyohlarni oʻziga xos jalb kilishi mumkin, fikrimcha.

…Ha, chet elliklar sun’iy qurilish materialidan koʻra ekologik toza tabiiy materiallarning qadriga yeta boshlashdi.

Gʻayrat Qalandarov: Ana sizga innovatsiya.  Oʻzimizning loy suvoqni tabiiy mahsulot qilib mehmonxona qurish. Qoyil.

Shaxlo Djumaniyazova: Qarindoshim koʻp qavatli uyda yashaydi. Yozda farzandlari tugul oʻzi ham issiq, dim xonada tura olmay koʻchaga chiqishga majbur. Bizlar esa paxsa devorli salqin uyda yashayotganimizga Ollohga shukur deymiz.

Fatima Usmanova: Bekorga boy emas-da, pulni tejashniyam, sogʻliqni oʻylashniyam bilishadi. Bunaka uylar 100 yildan beri turibdi yiqilmay.

Abdurahmon Saidmirzayev: Menimcha juda yaxshi taklif qilibdi. Har narsadan yomon xulosayu gumonda boʻlaverish yaxshi emas. Chet ellik mehmonlarni hasham bilan lol qoldira olmaymiz, chunki shu hashamdan charchab, ular oʻzga yurtlarga sayyohat qiladi… Jasur Asadov: Begona yurtda koʻp xarajat qilmasdan koʻp pul ishlamoqchi ekan-da, mana biznes…..

Sherzod Bar: Har doim aytib kelganman, paxsa devorli uylar qurish kerak Oʻzbekistonda, ham ekologik, ham chiroyli. Rasmdagi uy qanday chiroyli. Turistlar ham sevishadi bunaqa koʻrinishdagi uylarni. 

Gul Muhammad: Eski shahardagi oyim rahmatlini uylari paxsadan qilingan, qishda issiq, yozda muzdek. Haligacha oʻsha uylari bor, togʻalarim yashaydi, shuncha yer qimirlashlarga chidab bergan.

Dilya Asamova: Bizlarni hovli Xastimonda edi, buzishdi. Siz aytganingizdek qulay edi.

Umidjon Isroilov: Paxsa devordan — yogʻoch derezadan mehmonxona qursa Joxa bratni bizneslari nima boʻladi? Oʻylab gapiringlar, e, tavba.

Jaxongir Ruziboyev: Uning hududiga qurmaydi, unga farqi yoʻq. Toshkent sitiyam yetadi unga.

“Xalq fikri”dan


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.