18 +  RSS  E-mail
13:27, 20 05 2019

Paxtachilik qizimiz Lola Chamanova BMT eʼtirofiga sazovor boʻldi


“Dunyoni bilimli yoshlarimiz qoʻliga ishonib ber”, — deb bejizga aytishmasa kerak. Chunki, bilimli yoshlar yangi, zamon talabiga javob bera oladigan gʻoyalar tashabbuskori boʻlishadi.

Joriy yilning 10-12 may kunlari poytaxtimiz Toshkentda oʻtkazilgan CCCPCJ (The commision on Crime Prevention and Criminal Justice in Brazil) “Braziliya davlati Atrof-muhitga sezilarli taʼsir koʻrsatuvchi jinoyatlarning oldini olishning samarali usullarini shakllantirish” mavzusidagi tadbirda eng yaxshi “Yosh delegat nominatsiyasi” sertifikatiga Samarqand viloyati Paxtachi tumanining 41-umumtaʼlim maktabi 11-sinf oʻquvchisi Lola Chamanova sazovor boʻldi. Yosh boʻlishiga qaramasdan bilimga chanqoq qiz bugun oʻzbek yoshlari nimalarga qodir ekanligini namoyish etdi.

Ha, bunday yutuqlarni eshitib ich-ichingizdan quvonishingiz, tabiiy. Zero, yaratib berilayotgan sharoitlarni oqlayotgan yoshlarimiz safi kundan kunga ortib bormoqda.

Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.