18 +  RSS  E-mail
13:30, 20 05 2019

Hayo-iboli singilning javobi


Podshoh bir yigitni juda qattiq aybi uchun oilasi bilan oʻlimga hukm qildi.

Podshoh mahbuslarni oxirgi soʻzlarini eshitmoqchi boʻlib zindonga boribdi. Podshoh birinchi boʻlib yigitning otasiga buyuribdi:

— Oxirgi soʻzingizni ayting!

Yigitni otasi:

— O, podshohi olam, biz oʻlganimizdan soʻng bir hovuch fotiha oʻqing, sizni duoingiz ijobat boʻladi. InshaAlloh… «Podshohlar allohni yerdagi soyasidur» deganlar.”

Podshoh yigitni onasini yoniga kelib soʻradi:

— Ey onaizor, oxirgi soʻzingiz nima?

Ona:

— Podshohi olam, onaga dunyoda eng yomoni farzandini jon berishini koʻrish, u dunyo-yu bu dunyo bundan ortiq azob yoʻq ona uchun. Oldin meni osishsin, zeroki, farzandimni oʻlimini koʻrmay.”

Navbat yigitning yakkayu yagona singlisiga kelibdi,

Podshoh:

— Ayt, oxirgi tilagini bajaraman. Singil:

— Podshohi olam, manga igna, ip keltirishsin, iltimos, koʻylagimni etagi yirtilibdi, shuni tikib olay.

Podshoh:

— Sen ertalab saharda shahar oʻrtasidagi dorga osilasan-u, nima qilasan etagingni tikib, endi nima farqi bor, nima foydasi bor buni?

Singil:

— Ey podshoxi olam! Men akamni singlisiman. Akam menga hayoli, iboli qiz boʻlgin, deganlar. Meni hamisha tergab, yurish turishimi nazorat qilib begona koʻzlardan saqlaganlar… Ertaga haloyiqni oldida dor ostiga qanday etagi yirtilgan koʻylak bilan chiqaman? Uyat oʻlimdan yomon. Akam mayli jinoyat qilgandir, lekin umrimni oxirigacha akamga munosib singil boʻlay, ijozat bering.”

Podshoh koʻziga yosh olib:

— Hammalaringni ozod etdim, gunohlaringdan oʻtdim debdi, shunday singilga aka boʻlgan yigitni kechirmay boʻladimi avf etdim, degan ekan.

Oilaning jilovini qoʻlda tutgan ERKAKLARGA jannatlar boʻlsin.!!

Ayollarini rashk qilib, hayosiga qalqon bӯlgan ERKAKLARGA jannatlar bӯlsin!

Dilnoza XALMETOVA

“Ona mehri”dan


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.