18 +  RSS  E-mail
13:28, 20 05 2019

Fargʻonada yana bir «yoshlar markazi» foydalanishga topshirildi


Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni qoʻllab-quvvatlash yuzasidan yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, shuningdek, ularni ish bilan taʼminlash maqsadida Buvayda tumanida “Yoshlar markazi” tashkil etildi.

Marosimni viloyat hokimi Shuhrat Gʻaniyev ochib berdi. Shuningdek, Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi raisi Ahadjon Akbarov soʻzga chiqib, markazning ochilishi tuman yoshlari uchun katta imkoniyat yaratishi, undan yoshlarimiz unumli foydalanishlari lozimligi haqida taʼkidlab oʻtdi.

655 mln. soʻm mablagʻ evaziga bunyod etilgan ushbu “Yoshlar markazi”da kutubxona, koreys, rus va ingliz tillari, komp’yuter savodxonligi toʻgaraklari, badiiy gimnastika hamda maqom toʻgaraklari faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Shuningdek, “Yoshlar” bogʻida 5 ta tashabbus boʻyicha madaniyat, sport, kitobxonlik, komp’yuter savodxonligi hamda xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash maqsadida 5 ta bekat tashkil etildi.

Yoʻnalishlar boʻyicha 12 ta loyiha asosida jami 480 mln. soʻmlik imtiyozli kreditlar berilib, 266 nafar yoshlar bandligi taʼminlandi.

Yakka tartibdagi tadbirkorlardan Shahnoza Yuldasheva va Sarvar Meliyev kitob doʻkoni ochish uchun 60 mln. soʻm imtiyozli kredit olib, 4 nafar yoshni; ikkinchi tashabbus boʻyicha Shokirjon Mamasodiqov va Eldor Hamroqulov jami 110 mln. soʻm imtiyozli kredit olib, 12 nafar yoshni ish bilan taʼminladi. Uchinchi tashabbus boʻyicha “Qimmatxon dizayn” oilaviy korxonasi, Murodil Muhammadaminov va Nodirjon Meliyev jami 70 mln. soʻm imtiyozli kredit olib, 6 nafar yoshni; beshinchi tashabbus boʻyicha Toxir Dehqonov, Ravshanoy Parpiyeva va Maftuna Sayidgʻoziyeva jami 220 mln. soʻm imtiyozli kredit olib, 80 nafar yoshni ish bilan taʼminladi.

“Yoshlar markazi”ning ochilishi munosabati bilan tashkil etilgan yugurish marafoni 550 nafardan ortiq yoshlarni qamrab oldi.

Elimiz ardogʻida boʻlgan sanʼatkorlar ijrosidagi kuy-qoʻshiqlar esa barchaga birdek xush kayfiyat ulashdi.

Fargʻona viloyati hokimligi matbuot xizmati.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.