18 +  RSS  E-mail
13:31, 20 05 2019

Bir qarich gazlama


Savdogarlar gazlama narxini oshirgani sayin qizlarning koʻylagi kaltayib bormoqda. Baraka topkurlar! Yo unisi, yo bunisi…

P.S. Savdogarlar AKTSIYA qilmasmikan? Yaʼni “Bir qarich gazlama sovgʻa!”

Gazlamadan uradiganni koʻrdim-u, qoʻshadiganni haligacha uchratmadim.

Shaxlo Djumaniyazova: Uzr, bu gap sizga tegadi deb oʻylamabman. Ammo bu…, balki savdogarlarga insof bersin, degan maqsadda.

Akbar Sultonov: Bir gapingiz bilan savdogarlarga insof bersin deyapsiz, ikkinchisi bilan esa kalta kiyganni chaqib oʻtyapsiz. Odamlarni tushunmaydi, avom deb oʻylayapsiz shekilli.

Yorqinoy Jahongirova: Akbar Sultonov, assalomu aleykum nimalar deb tashladingiz. Ayollarning hayosi erkaklarning or-nomusi emas-mi, yo baaribir-mi yechinib yursayam. Aslida post egasi shunaka hayosi kochgan ayollar kaltani xohlaydi, demak xayrixohlar bor ekanda, bilganingni qil, menga tegma, deydigan yo insofga chaqirganniyam oʻzingni bil, deb ogʻziga uradigan. Insof bersin.

Akbar Sultonov: Birinchidan yechinib yurish qonunga xilof. Kalta ochiq-sochiq kiyinganni nima qilish kerak, ayting-chi siz.

Yorqinoy Jahongirova: Sizdaqa erkak aka-ukalar tiyishi kerak opa-singil ayollarini, qizlarini, mahalla singillarini. Yurish-turishiga karash kerak. Shunaqa maʼruzalar, ibratli gaplar aytish kerak, vaqti kelsa, uyaltirish kerak, nima yurish bu deb. Ancha oʻnglab oladi ayollar oʻzlarini. Ochiq-sochiq basharani chaplaganlarni koʻrib dood goʻzalsiz deyishmasdan. Ramazon muborak. Alloh rozi boʻlsin jumlamizdan.

Dadaxon Sobirov: kamida 1 metr qoʻshinglar

Nodirbek Boltaboyev: iqtisod tarafdoriman, menimcha 1 qarich ziqnalik yetishmayapti.

Ravshan Axmedov: Bu qizlar qoʻshib bersa ham qirqitadiku, bu qanaqa gap,  nima emish zamon talabimish! Ajoyib.

Agar hammasi uzunga rozi boʻlsa, yigitlarga koʻz zinosi qilishdan qutqarsa. Biz barcha erkaklar Oʻzbekiston VAQF fondidan yordam olib va yonimizdan sarflab qizlarimizni matoga koʻmib, oʻrab qoʻyardik

Maloxat Xaydarova: Rostdanmi?

Ravshan Axmedov: Albatta.

Noʻmonjon Begmatov: Uzr. yaxshiroq qaranglar, axir bu qiz koʻylagini kiyish esidan chiqib shoshilib ich kiyimda chiqibdi.

Shuhrat Nazarov: Yaxshiroq qarash yoshingizga yarashmaydi brat…

Ortik Nimatov: Hamma gap oila boshligʻi erkakda, unda gʻururu or-nomus boʻlmasa, xotini singlisini yo qizini yarim yalangʻoch kiyishiga indamaydi, unday erkaklar shariatda dayus deyiladi!

Ulugʻbek Mustafayev: Bunga yosh (esini tanib-tanimagan) ukalar yoki jiyanlar aybdor. Ular qaychini olib…

Murodbek Kodirov: Qadri baland narsalar va goʻzallik berkitiladi, oʻraladi, yomon koʻzlardan saqlanadi. Narxi arzon, qadr-qimmatini saqlay olmagan narsalar ochiq-sochiqlikda yurilaveriladi, saqlanaveriladi.

Gul Muhammad: Post egasi gʻiybat qilinglar deb manimcha fikr bildirmaganlar… darrov oʻzilaringcha har xil narsalarni yozib tashlayvermanglar. Loaqal odob doirasida komment qoldirish qiyinmi shunchalik…

Mukarram Pulatova: Bu toʻgʻri maʼlumot emas, aksincha hozirgi kunlarda Toshkentda koʻp qizlar uzun koʻylak kiyishyapti

Shaxlo Djumaniyazova: Akbar Sultonovga: Qizim senga aytaman, kuyovim sen eshit!

Raim Rahmonov: Hamma narsaning oʻz vaqti bor. Bir umrga goʻzal boʻlish mumkin, lekin uning shunday payti borki, u bilan boʻlish uchun inson hech narsadan toymaydi.

9-sinfda oʻqiyotgan paytimiz. Salgina boʻy choʻzgan sinfdoshimiz doskaga chiqqanida, oʻqituvchimiz uning yubkasi tizzasidan 2 sm yuqorida turganini koʻrib, oʻgʻil bolalarga soningni koʻrsatishga uyalmaysanmi, deb izza qilgandi. Ertasiga u 4 enlik mato qoʻshib uzaytirilgan yubkada kelgandi.

Marufa Abdullayeva: Qayerda koʻrdingiz gazlama narxi oshganini, oʻzi materiallar xor boʻlib ketdi tekin boʻlib. Kechirasiz-u bozordagilar xaridorga sal koʻproq olaqoling, deb taklif beradi, siz aytayotganlar esa bir metrdanam koʻylak boʻladi deb ketishadi, ayrim erkaklar esa uzun kiyma, roʻdapo kampir boʻlib qolding, deb ayoliga gapirganini eshitib, e xayf senga deb qolganmiz

Gul Muhammad: Ajabo materiallar xor boʻlib yotganini endi eshityapman… narxlar arzon emas.

Kichkina qizaloq yoʻqolib qolibdi. Tinmay yigʻlar emish. Odamlar nima boʻldi, deb soʻrashsa, ayamni yoʻqotib qoʻydim, debdi. Shunda odamlar ayangni etagidan ushlab olmabsan-da deyishsa, qizaloq qoʻlim yetmadi, deb battar yigʻlabdi.

Farrux Axmedov: Qizlarni kiyimiga qaraguncha, oʻsha savdogarlaringizni insofga chaqiring. Roʻza kunlari nafslari oshib ketdi.

Ahmad Jabbarov: Buncha maydalashmang, aslida baʼzi kalta koʻylakning narxiga bitta erkakni bosh-oyoq kiyintirsa boʻladi.

Eynar Alp: Turkman qizlaridan oʻrnak olsa boʻlmasmikan?

Ergash Djumayev: Sovgʻani tushingizda koʻrasiz.

Mamurjon Allanov: Shunaqa kiyimni kiysa ayollarni havasi kelmaydi, erkaklarni havasini keltirish uchun desak, shallaqilik qilib sharmanda qiladi. Yana yoʻlda tajovuz qildi, yigitlar tarbiyasiz boʻlib ketgan deydi. Bu kiyimda koʻchada ham ishini bitirib ketsa boʻladigan holatku bu.

Dilyorbek Ahmadaliyev: Erkaklar kamayib, liboslar kaltayib ketyapti. E, badaningga toshma toshgurlar, yop soningni.

Tojiddin Kenjaqulov: Tugri aytasan

Xayotbek Qosimov:  Jahannamga oʻtin ham kerak-da.

Umir Rahim: Mulladan iymon qochsa, ayoldan nomus, keyin nima boʻladi?

“Xalq fikri”dan


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.