18 +  RSS  E-mail
15:22, 16 05 2019

Sud’ya nohaq va adolatsiz hukm yoki qaror chiqarishining sababi nimada?


Bozordagi kichikroq tamaddixona egasi binoni ijaraga beradi. Ijarachi binoni salgina taʼmirlaydi. Oradan ikki-uch yil oʻtib, ijarachi taʼmirlash harajatini ulush sifatida koʻrsatib, binoning yarmiga daʼvogarlik qiladi. Tamaddixona egasi esa bino toʻliq oʻziga tegishli ekanligini isbotlashga harakat qiladi.

Ushbu fuqarolik ishi barcha tuman sudlarida koʻrib chiqildi. Biri bino egasini daʼvosini qanoatlantirsa, biri ijarachiga yon bosadi.

Keyin ushbu ish qoʻshni viloyatlarda ham koʻrilib, goh u tomon, goh bu tomon yutib chiqardi.

Ikki fuqaro oʻn (!) yil davomida sudlashishdi. Nihoyat Oliy sud Plenumining qarori bilan tamaddixona oʻzining haqiqiy egasiga tegishli ekanligi belgilandi.

Xoʻsh, fuqarolik ishi oʻn yillab koʻrilishining sabablari nima?

Birinchidan, sud’ya inson huquqlarini notoʻgʻri talqin qilib, adolatsiz qaror chiqarishi natijasida shuncha yugur-yugur qilgan va qimmatli vaqtini yoʻqotgan fuqaroga yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararni toʻlamaydi va sud’yaga hech qanday javobgarlik yuklatilmagan.

Ikkinchidan, sud’yalar oʻrtasida raqobat umuman yoʻq. Agar sud’ya ataylab yoki savod yetishmaganidan xato qilgani uchun ushbu lavozimga kamida besh nafar zaxiradagi nomzod uning kursisini olishga shay turganida, adolatsiz hukm yoki qaror chiqarmaslikka harakat qilardi.

Uchinchidan, jabrlanuvchi yoki daʼvogar, shuningdek javobgarga nisbatan sogʻin sigir sifatida qarash toʻla barham topmagan.

Va hokazo…

Elnurbek Abray: Sud tizimining har bir yoʻnalishida shu ahvol.

Behzodbek Odilov: Afsus, bular sud’ya degan nomni oqlolmaydi hali-beri.

Shaxlo Jumaniyazova: Qasamni ham suv qilib ichib yuborishgan baʼzilari.

«Sud’yalarning odob-axloq kodeksi: Sud’ya oʻz qasamyodiga sodiq qolishi, shuningdek fahm-farosatlilik, xushmuomalalik, halollik, matonatlilik, ilmga chanqoqlik xislatlariga ega boʻlib, jamiyatda yuksak sud’yalik maqomiga munosib boʻlishi shart.

Raʼno Kabilova: Qoʻshilaman, hamma sud’yalar ham insofsiz, yo bilimsiz emas, adolat yuzasidan ish koʻradiganlari koʻp, ammo podani ichida bitta tirriq hamma joyni bulgʻaydi, degandek yaxshilarni ham yomon otliq qiladi poraxoʻrlari.

Axyatbek Ibragimov: Qachonki sud’ya oʻzini davlatning vijdoni ekanini his qilsa, qonun davlatni lafzi ekanini, lafzning butun boʻlishi sud’yaning zimmasida ekanini anglay olsa, shunda adolat boʻladi.

Kamron: Sud auktsion bilan ishlaydi. Bizni qoʻshnimiz bor, 15 yildan buyon sudlashadi. Bittasi hokim shohimardonga soqqasini berib, yoʻq korxona egasi boʻlib oldi. 15 yildan buyon pulini olib toʻgʻri deydi. Bu taraf hujjat taqdim etsa, keyingi sud bunga beradi, xullas auktsion.

Bobo Turayev: Gap soqqada.

Shoira Muratova: Haq gap, pul bermasangiz, kodekslar ham oʻzgarib ketadi

Aybek Urunbayev: Bizda adolatli sud tizimi yoʻq, qachon boʻlishiga ham ishonch yoʻq, sababi kup…

Bekzod Xatamov: Bular qasam ichdi xalqni oldiga chiqib, hali hech narsa oʻzgarmadi. Prezidentimiz Shavkat Miromonovichni faqat aldagani aldagan, eh vijdoningga oʻt tushkurlar

Sud’yalar javobgarligi belgilanmaganligi — bu oʻzining noqonuniy harakatini yopish degani. Fuqarolarda javobgarlik bor, ammo kunduz kuni avtomashina chirogʻini yoqib yursangiz ham noqonuniy harakat uchun sud’yada javobgarlik borligini topa olmaysiz.

Qodir Karamatov: Bunday holat juda koʻp uchraydi. Sud’yalarni asossiz yolgʻon javob xatlari. Ularni oldiga borib yozganlaringni asoslab ber, desangiz, ular toʻti qushga oʻxshab, norozi boʻlsangiz, yuqori turuvchi organga murojaat qilish mumkin, deb javob qaytarishadi.

Qodir Karamatov: Ularni qattiq nazorat qilib 1-marotabaga qattiq xayfsan, 2-marotabaga lavozimidan ozod etilib, jinoiy chora koʻrilsa, hammasi zoʻr boʻladi. Poraxoʻrlik yoʻqoladi. Adolatli sud’yalar koʻpayadi.

Furqat Hamzaliyev: Yuqoridagilar tan olmaydigan haqiqat.

Sharofat Jalilova: Bu haqiqat yuzaga chiqishi qiyin. Sof vijdonli sud’yalarimiz koʻp, ammo ayrim vijdonlarini pulga almashtirgan sud’yalar hech qachon javobgarlikni xis etishmaydi. Sovet davrini yomon deymiz. Ammo bitta sud’yaning koʻrgan ishlaridan 5 tasi bekor qilinsa, sud’ya ishdan olinardi. Hozirchi? 50 TA ishi bekor boʻlsa ham oʻzi xon koʻlankasi maydon boʻlib yurishaveradi.

Nora Fayzullayeva: Tugallanmagan, adolatsiz sud qarori uchun, qayta sudga yugurib yurgan uchun maʼnaviy zararni kim koplaydi? Hozir shu meni qiziqtirmoqda. Advokat orqali pulni boʻlishgan sud’ya, albatta haq-nohaqqa emas, kimdan pul tushganiga qarab hukm chikargan. Odil sud mamlakat miqyosidagi hal qiluv mavkeiga ega, yaʼni xalqni vijdonidir, loaqal inson taqdirini hal qilayotganlarini bilishmaydimi?

Abu Xasan Ahmedov: Hozirgi sud’yalar zamonavыy boʻlib, xameleon tusini oʻzlariga niqob qilib olishgan. 100 foiz daʼvoingizni isbot qilgan taqdiringizda ham uzatmasangiz ishingiz 0,  hech qachon hal boʻlmaydi, mabodo qisman uzatdingiz ham, lekin raqib tomon koʻproq uzatsa, uloq uniki, xullas…

“Xalq fikridan”


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.