18 +  RSS  E-mail
15:19, 16 05 2019

Rossiyaning «Perviy» telekanali orqali Xorazm viloyatining turizm salohiyati namoyish etildi


Xorazm viloyati turizmni rivojlantirish departamenti tashabbusi va bevosita taklifi bilan shu yilning 19-23 mart kunlari Rossiya Federatsiyasining «Perviy» telekanalining mashhur «Neputevie zametki» telekoʻrsatuvi vakillari Xorazm viloyatida ijodiy safar bilan boʻlishgan edi.

5 kunlik tasvirga olish jarayonlari davomida ijodkorlar Xiva shahrida joylashgan diqqatga sazovor joylar, ekoturizm obʼektlari, Bogʻot tumanidagi “Qalajiq” qalʼasi va Urganch tumanidagi «Ulli hovli» turistik majmuasi hamda yangi tashkil etilgan boshqa turistik obʼektlar bilan tanishgan edilar.

«Neputevie zametki» telekoʻrsatuvi Rossiya Federatsiyasining «Perviy» telekanali orqali har yakshanba kuni ertalabki dasturlar davomida efirga uzatiladi. Koʻrsatuvning Xorazmga bagʻishlangan maxsus soni ikki qismdan iborat boʻlib, ular «Perviy» telekanali orqali 5 may va 12 may kunlari efirga uzatildi.

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.