18 +  RSS  E-mail
15:13, 16 05 2019

Qorakoʻlda yana bir tikuv tsexi ish boshladi


Qorakoʻl tumanidagi “Xoʻjalar” mahallasi hududida “Gullar chehrasi” masʼuliyati cheklangan jamiyati tashabbusi bilan “Qorakoʻl chevarlari” tikuv-trikotaj tsexi faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Tadbirkor Gulchehra Shukurova va “Buxoro paxta terminali” korxonasi hamkorligida qoʻl urilgan loyihaga 2,5 mlrd soʻm mablagʻ sarflandi. 

— Mahallalarda kichik korxonalarning tashkil etilishi aholi, ayniqsa, xotin-qizlar bandligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Masalan, oʻtgan yil tuman markazida tadbirkor Gulchehra Shukurova oʻz mablagʻi hisobidan 80 oʻringa ega xuddi shunday tikuv tsexini ochgan edi. 120 oʻringa ega ushbu tsexda tumandagi kam taʼminlangan oila bekalari, uy-joyga muhtoj, ishsiz xotin-qizlarning bandligi taʼminlandi, — deydi tuman hokimi oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Salomat Komilova. — Zamonaviy dastgohlar bilan jihozlangan tsexda maktab oʻquvchilari va oʻqituvchilari, tashkilot, korxonalar uchun maxsus kiyimlar tikish bilan bir qatorda aholi va bozor talabidan kelib chikib keng assortimentdagi kiyim-kechaklar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi.  Shuningdek, ichki bozor uchun ham mahsulot yetkazib beriladi.

Tsexning tantanali ochilish marosimi oʻtkazildi. Unda yurtimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning bandligini taʼminlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuksak samaralar berayotgani alohida taʼkidlandi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Vazirining birinchi oʻrinbosari O.Ramatov, Respublika Bosh prokurori O.Murodov, Buxoro viloyati hokimi Oʻ.Barnoyev, sektorlar rahbarlari va keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.