18 +  RSS  E-mail
12:22, 14 05 2019

Mukofotlar muborak!


Respublika yosh ijodkorlari kengashi tomonidan bu yil ikkinchi bor tashkil etilgan “Oʻzbekiston bahori” respublika anʼanaviy ijod festivali Xiva shahrida boʻlib oʻtdi.

Unda respublikamizning barcha hududlaridan ishtirok etgan yoshlar nasr, nazm, dramaturgiya, jurnalistika, tasviriy sanʼat va fotografiya yoʻnalishida taqdirlandi.

Quvonarlisi, taqdirlanganlar orasida nasr yoʻnalishida “Buxoro oqshomi” gazetasi muxbiri, isteʼdodli qalamkash Obidjon Qoʻldoshev, fotografiya yoʻnalishida yosh va gʻayratli fotograf Azamat Kattayev ham bor.

Buxoro viloyati hokimligi mukofotlanganlarni samimiy tabriklab, ularning ijodiy ishlarida yangi zafarlar tilab qoladi.

Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.