18 +  RSS  E-mail
13:50, 13 05 2019

Xalqaro musobaqada gʻolib boʻlgan gandbolchi qizlarimiz munosib kutib olindi


Joriy yilning 6 -12 may kunlari Moʻgʻuliston poytaxti Ulan-Bator shahrida gandbol boʻyicha “IHF Trophy” musobaqasining Markaziy Osiyo bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda 2000 va 2001 yillarda tugʻilgan qizlardan tarkib topgan jamoalarimiz ham ishtirok etib chempionlikni qoʻlga kiritishdi.

17 va 19 yoshli qizlardan tarkib topgan jamoalarimiz Moʻgʻuliston, Tojikiston, Qirgʻiziston va Turkmaniston jamoalarini yirik hisobda magʻlubiyatga uchratib, muddatidan avval xalqaro musobaqaning keyingi bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi.

Yakunda chempionlikni qoʻlga kiritgan gandbolchi qizlarimizga kuboklar va oltin medallar topshirildi.

Bugun ushbu musobaqada ishtirok etgan sportchilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi. Moʻgʻulistondan yorugʻ yuz bilan qaytgan vakillarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi. Tadbirda Oʻzbekiston gandbol federatsiyasi mutasaddilari, sportchilarning yaqinlari, muxlislar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Endi chempion qizlarimiz “IHF Trophy” musobaqasining Osiyo bosqichiga tayyorgarlik koʻrishadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.