18 +  RSS  E-mail
13:53, 13 05 2019

Surxondaryoda Milliy gvardiya xodimlariga yangi uylar topshirildi


Yurtimizda davom etayotgan bayramlar shukuhiga yana bir xursandchilik hamroh boʻldi.

Ilk bor, respublikamizning janub gavhari Surxondaryo viloyati, Termiz shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilari uchun qurilgan zamonaviy, barcha shart-sharoit va qulayliklarga ega uylarning kalitlarini topshirish marosimi oʻtkazildi.

Tadbirda 30 xonadonning yangi egalari muborakbod etildi. Yangi xonadonning ramziy lentalari qirqilib, nuroniy otaxonu onaxonlarning duolari olindi.

Ochilish marosimida Termiz shahar madaniyat boʻlimi ijodiy jamoasi, uning tasarrufidagi 1- son musiqa va sanʼat maktabi qoshida tashkil etilgan «Sabo» raqs ansambli hamda Termiz shahridagi ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi xonandalari ijrosida xonishlar, chiroyli raqslar xonadon egalariga yanada koʻtarinki kayfiyat ulashdi.

Madaniyat vazirligi matbuot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.