18 +  RSS  E-mail
10:10, 10 05 2019

Samarqand davlat chet tillari institutida ispan universiteti bilan hamkorlikda til markazi ochildi


SamDChTIga Ispaniyaning Kastil’ya La-Mancha universiteti xalqaro aloqalar boʻyicha prorektori Fatima Gomez boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Muzokaralarda ispan tili oʻqituvchilari va talabalar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlash, ilmiy tadqiqot, shuningdek, shaharlararo turizm sohalarida ham hamkorlik oʻrnatish kabi maslalar koʻrib chiqildi.

Uchrashuv yakunida Kastil’ya La-Mancha universiteti va Samarqand davlat chet tillari instituti oʻrtasida hamkorlik Memorandumi ham imzolandi.

Shuningdek, institutning Roman-german tillari fakul’teti qoshida ispan tilini yanada rivojlantirish va talabalarning bilimini yanada oshirish maqsadida ispan tili markazi ochildi.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi axborot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.