18 +  RSS  E-mail
10:12, 10 05 2019

Harbiy uchuvchilar Toshkentda faxriy onaxonga nogironlik aravachasini topshirdi


Mudofaa vazirligi Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va Harbiy havo kuchlariga qarashli harbiy qism ofitserlari poytaxtimizning Yashnobod tumanida joylashgan harbiy shaharchada yashovchi bir guruh keksalar holidan xabar olishdi.

Ol’ga Suprunenko uzoq yillardan beri toʻshakka mixlanib qolgan edi. 84 yoshni qoralagan bu ayol asli belorusiyalik. Otasi harbiy uchuvchi boʻlib, 1945 yil suronlarida vafot etgan. Keyinchalik Toshkentga koʻchib kelgan Ol’ga Suprunenko uchuvchilar harbiy qismlarida ishchi sifatida faoliyat yuritdi.

Bayram arafasida harbiy qism jamoasi tomonidan unga nogironlik aravachasi sovgʻa qilindi. Endi u bemalol tashqariga chiqishi, odamlar bilan suhbatlashishi mumkin.

Shu kuni harbiy shaharchada istiqomat qilayotgan bir qancha keksalar, kam taʼminlangan oilalar xonadonlariga ham tashrif buyurildi. Ularga bayram munosabati bilan gullar, sovgʻalar ulashildi.

Xotira — yod etish, qadr — yoʻqlash bilan goʻzal. Ikkinchi jahon urushi mamlakatimiz uchun ham katta sinov boʻldi. Urush frontda, front ortida, umuman davr kishilarining hayotida kechdi. Demak, bugungi kunimizning har bir ulugʻi, faxriysi hurmatga, ragʻbatga munosib.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.