18 +  RSS  E-mail
11:36, 06 05 2019

Yoʻqlovdan koʻngillar shod


Shu kunlarda mamlakatimiz boʻylab Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front ortida Vatanimiz ravnaqi yoʻlida fidokorona mehnat qilgan faxriylarga yuksak hurmat-ehtirom koʻrsatilib, ular holidan xabar olinmoqda.

Bayram arafasida Samarqand viloyatining shahar va tumanlarida istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari xonadonlariga yoʻqlov tadbirlari uyushtirilmoqda. Bayram tilaklari bildirilmoqda. Shunday tadbirlardan biri viloyatning markazi Samarqand shahrida oʻtkazildi.

Keng jamoatchilikni jalb etgan holda 7 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari xonadonlariga tashrif buyurildi. Shaxsan faxriylarimiz Juma Hasanov, Seit Asanov, Grigoriy Tokarev, Sabo Toʻraqulov, Demid Borunkin, Il’yaz Bulatov va Fazliddin Asliddinov bobolar nomiga muhtaram Prezidentimiz tomonidan yuborilgan tabriknoma oʻqib eshittirildi, sovgʻa, bir yoʻla toʻlanadigan mukofot puli va hokimliklarning qimmatbaho sovgʻalari tantanali ravishda topshirildi.

Bayram tantanalari Samarqand viloyati boʻylab davom etmoqda.

Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.