18 +  RSS  E-mail
11:30, 06 05 2019

Xivaga uyushtirilgan safar esda qolarli boʻldi


“Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” dasturi doirasida Qashqadaryo viloyatidagi turli tashkilotlarda mehnat qilayotgan 100 nafar ishchi-xodim va ularning oila aʼzolari uchun Xorazm viloyatiga sayohat uyushtirishdi.

Kurrai zaminning eng koʻhna shaharlaridan biri, hozirgi kunga qadar butunligicha saqlanib qolgan yagona nodir obida — shahar — Xivaga uyushtirilgan safar ham esda qolarli boʻldi.

— Yoshim saksonga yaqinlashgan boʻlsa-da, ushbu qoʻhna shaharga birinchi bor tashrif buyurishim, — deydi  Ismat bobo Bozorov. — Ochiq osmon ostidagi bu muzey-shahardagi uzoq oʻtmish, asrlar osha bus-butun bizgacha yetib kelgan “Ichan-qalʼa” nafaqat qashqadaryoliklarni, balki dunyoning turli burchaklaridan tashrif buyurayotgan minglab sayyohlarni hayratga solmoqda.

Bunday sayohatlarni yil davomida respublikamizning Buxoro, Samarqand va Toshkent shaharlariga ham uyushtirish rejalashtirilgan.

S.ALLAYoROVA


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.