18 +  RSS  E-mail
11:27, 06 05 2019

Jizzaxda xitoyliklar koʻmirdan foydalangan holda ohak ishlab chiqarishi mumkin


Jizzax viloyat hokimligiga Xitoyning “Tianshan industries” MChJ QK vakillari Bay Veysyan’ hamda Orifjon Mirzayev tashrif buyurdi.

“Tianshan industries” MChJ QK vakillarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi vakillari,  viloyat hokimi Ergash Saliyev hamda viloyat hokimi oʻrinbosari Azim Axmedxadjayev bilan uchrashuvi oʻtkazildi.

Uchrashuvda  “Tianshan industries” MChJ QK yoqilgʻining muqobil turlari koʻmirdan foydalangan holda ohak ishlab chiqarish loyihasi muhokama qilindi.

Investor tomonidan ushbu loyihani amalga oshirish boʻyicha 2,5 mln AQSh dollari miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya jalb qilish hamda yiliga 100 ming tonna ohak ishlab chiqarish istagini bildirdi.

Loyiha doirasida 50 ta yangi ish oʻrni yaratiladi, 30 foiz mahsulot eksportga yoʻnaltiriladi hamda ushbu loyiha dekabr oyida ishga tushadi.

Muzokaralar davomida investor tomonidan Forish tumani “Egizbuloq” MFY dan ohaktosh zaxirasi mavjud boʻlgan 50 gektar yer maydoni ajratilishida amaliy yordam soʻraldi.

Hozirda ushbu masala Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi hamda viloyat hokimligi tomonidan oʻrganilmoqda.

Jizzax viloyati hokimligi axborot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.