18 +  RSS  E-mail
11:39, 06 05 2019

Dadam sovgʻasi…


Qizalokq yugurib dadasini oldiga bordi:

-Dadajon tugʻilgan kunimga nima sovgʻa qilasiz?

— Qizim hali tugʻilgan kuningacha uch kun bor. Oʻshanda aytaman, hozir emas, — tabassum bilan dedi dadasi.

… Ertasi kuni nogahon qizaloq kasal boʻlib qoldi. Axvoli ogʻirlashib shifoxonaga olib bordilar. Hamma qaygʻuda. Doktor qizaloqni tekshirib dadasini oldiga keldi.

— Tezlik bilan operatsiya zarur… — doktor shunday dedi-da ichkariga kirib ketdi.

5 soat vaqt davom etgan operatsiya muvaffaqiyatli oʻtdi. Qizaloq koʻzini ochganida oldida doktor turardi

— Bugun tugʻilgan kuning muborak boʻlsin qizim. Mana bu xatni dadang senga berib qoʻyishimni soʻragandi.

Qizaloq xatni ochib oʻqiy boshladi.

“Tugʻilgan kuning muborak qizalogʻim. Sen tugʻilgan kuningga nima sovgʻa qilishimni soʻragan eding, mana men senga yuragimni sovgʻa qildim kizalogim, umring uzoq boʻlsin. Seni yaxshi koʻruvchi dadang… alvido..

Darvoza ochilsa chopib chiqaman,

Ammo men kutganim dadam kelmaydi.

Dunyo boyliklarin tortiq etsalar,

Dadam sovgʻasidek aziz boʻlmaydi.

Bibixonim XASANOVA

“Oqibatlilar”dan


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.