18 +  RSS  E-mail
14:08, 02 05 2019

Toshkent shahrida USENET 2019 konferentsiyasi boʻlib oʻtadi


16 may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi koʻmagida yetakchi media agentliklardan biri hisoblangan Ledokol Group tomonidan Toshkent shahrida  USENET 2019 konferentsiyasi tashkil etiladi.

Unda Rossiyaning bir qator axborot  texnologiyalari sohasidagi yetakchi kompaniyalar vakillarining ishtirok etishi rejalashtirilmoqda. Konferentsiyaning rasmiy sayti USENET 2019 ga kirib maʼruzachilarning toʻliq roʻyxati bilan tanishish hamda roʻyxatdan oʻtish mumkin. Tez orada saytda tadbirning toʻliq dasturi taqdim etiladi.

USENET – Oʻzbekistonda har yili tashkil etiluvchi yagona internet-konferentsiya sanalib, u bir sahnada 20 nafardan ortiq mahalliy va xalqaro ekspertlarni birlashtiradi. Konferentsiya 2011 yildan buyon muntazam oʻtkazib kelinadi.

Konferentsiyada tinglovchi sifatida qatnashish bepul: uning elektron chiptasi konferentsiyaning rasmiy Telegram-kanali: @Usenet2019 da bir necha kun oldin eʼlon qilinadi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.