18 +  RSS  E-mail
13:23, 30 04 2019

Samarqand shahrida “Vatanparvar bogʻi” qurilishi rejalashtirilmoqda


Samarqand viloyati hokimligi taklifi asosida Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining arxitektura fakul’teti professor-oʻqituvchilari va talabalari Samarqand shahri Spitamenshoh koʻchasida joylashgan hududda “Vatanparvar bogʻi”ning loyiha-taklifini tayyorlashdi.

Institut tomonidan tayyorlangan mazkur bogʻning bir necha loyiha-takliflari taqdimoti oʻtkazildi.

Loyiha-takliflarida asosiy maqsad etib, bogʻga tashrif buyuradigan yosh avlod vakillarida vatanparvarlik tuygʻusini shakllantirishga qaratilganligi ahamiyatlidir.

Loyiha takliflarida 5424 kv. metr maydonda harbiy texnikalar koʻrgazmasi hududi, qiziqarli harbiy oʻyin va mashqlar hududi, koʻngilochar attraktsionlar hududi, harbiy tarixiy muzey va qahramonlar alleyasi hamda umumiy ovqatlanish va suv boʻyida dam olish hududlari oʻz aksini topgan.

Shuningdek, loyiha-takliflarida Samarqand shahri xalqi uchun yangilik hisoblangan osma kanat yoʻli, velodrom va elektron oʻqotar majmualari barpo etilishi koʻzda tutilgan.

Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.