18 +  RSS  E-mail
13:18, 30 04 2019

Qashqadaryo viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazi shifokorlari chekka hududlarga borib xizmat koʻrsatmoqda


2019-2025 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash  tizimini rivojlantirish kontseptsiyasi hamda 2019-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash  tizimini kontseptsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari dasturining bandlarini  ijrosini taʼminlash maqsadida, markazning 2019 yilga tuzilgan  chora-tadbirlar rejasiga asosan  xaftaning har chorshanba, shanba kunlari markaz  tumanlarining  uzoq, chegara zonalari boʻlgan tumanlarga ixtisoslashgan tibbiy yordamni tashkillashtirish va ogʻir bemorlarni konsul’tatsiya qilish maqsadida,  tor doiradagi mutaxassislari tomonidan bugungi  kungacha  Mirishkor, Yakkabogʻ, Koson, Muborak, Nishon tumanlarining uzoq, chegara hududlarida ixtisoslashgan tibbiy yordam va profilaktik tibbiy koʻrik tashkil etilgan.

2019 yilga tuzilgan chora-tadbirlar ijrosini taʼminlash maqsadida Qamashi tumani Qoratepa hududida tibbiy profilaktik koʻrik tashkil  etilib, markaz  tor doiradagi mutaxassislari bilan birgalikda UTT, EKG, laboratoriya tekshiruvlari ham tashkil etildi. Tibbiy profilaktik jarayonida 254 nafardan ziyod bemor 20 turdagi mutaxassislar tomonidan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. Tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan fuqarolardan 192 nafarida  kasalliklar aniqlanib, 2 nafar bemorga respublika klinikalarida, 18 nafar bemorga viloyat markazlarida, 37 nafar bemorga  tuman shifoxonasida, qolgan bemorlarga esa ambulatoriya sharotida davolanish tavsiya etildi.

Markazda yil davomida 18 ming nafardan ortiq bemor davolanadi. Ammo barcha bemorlar ham markazning oʻzida davolanish imkoniyatiga ega emasligi bois ham shifokorlar guruhi viloyatning uzoq va chegara zonalaridagi tumanlarda boʻlib, aholining tibbiy xizmatga boʻlgan ehtiyojini qondiradi. Buning uchun esa shifokorlar guruhiga 14 kishilik Golden Dragon rusumli mikroavtobus va markazning byudjetdan tashqari pullik tibbiy xizmati hisobidan Gentra avtomobili xarid qilindi. Maʼlum boʻlishicha, markaz mablagʻlari evaziga xarid qilingan Gentra Prezident virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarni joyiga borib oʻrganuvchi xodimlarga xizmat koʻrsatadi.

Qashqadaryo viloyati  hokimligi  axborot  xizmati.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.