18 +  RSS  E-mail
8:21, 25 04 2019

Indoneziyaning yirik oliy taʼlim muassasalari va BuxDU oʻrtasida oʻzaro hamkorlik yoʻlga qoʻyildi


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2019 yil  29-30 mart kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi davomida viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy salohoyatini oshirish va mamlakatimizga xorijiy sayyohlar oqimini koʻpaytirish, xususan, janubi-sharqiy Osiyo mintaqasidagi eng koʻp musulmonlar yashaydigan va mintaqaning iqtisodiy barqaror davlati Indoneziyadan mamlakatimizga keladigan sayyohlar oqimini keskin oshirish, halol turizm sohasida xizmat koʻrsatuvchi mutaxassislarni tayyorlash va xalqaro mehmonxona brendlarini olib kirish yuzasidan bir qator topshiriqlar berildi.

Yuqoridagi topshiriqlar ijrosi yuzasidan, nufuzli oliy taʼlim muassasalarining 32 kishilik delegatsiyasi Buxoro viloyatiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida kelgusida mamlakatimizga keladigan indoneziyalik sayyohlarning soni keskin oshishini inobatga olib, Buxoro davlat universiteti negizida indonez tili mutaxassislarini tayyorlash boʻyicha oʻquv kursi va halol turizm xizmatlarini tashkil etish boʻyicha malakali mutaxassislarni tayyorlash va zamonaviy mehmonxona xizmatlatlari sohasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish kabi dolzarb masalalarda muzokaralar olib borildi.

Muzokaralar natijasida, Indoneziyaning Gunadarma universiteti, Hamka nomidagi Muhammadiya universiteti, Dian Nusantara universiteti, Bayankara universiteti kabi oliy taʼlim muassasalari va Buxoro davlat universiteti oʻrtasida oʻzaro professor oʻqituvchilar almashinuvini tashkil etish, ilmiy hamkorlik, qoʻshma taʼlim dasturlarini yaratish, hamkorlikda konferentsiyalarni tashkil etish boʻyicha 14 ta kelishuvlarga imzo chekildi.

Kelishuvlar doirasida kelgusida amalga oshiriladigan ishlar va ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan Dian Nusantara universiteti rektori professor Dr.Suharyadi va Indoneziya oliy taʼlim vazirligi vakili Dr. Illah Sillah soʻzga chiqib, soʻngi ikki yilda ikki mamlakat oʻrtasida vizasiz tartibning joriy etilganligi natijasida sayyohlar sonining ikki yarim barobarga oshganligi va indoneziyaliklar oʻrtasida Oʻzbekistonning muqaddas qadamjolarini ziyorat qilishga qiziquvchilar kundan-kunga koʻpayib borayotganligini alohida taʼkidlab oʻtishdi.

Shuningdek, uchrashuv ishtirokchilari kelgusida zamonaviy turizm bozori talablariga mos infratuzilmani shakllantirish maqsadida viloyatga tashqi mehmonxona boshqaruvini joriy etish boʻyicha ham kelishib olishdi.

Buxoro viloyat turizm rivojlantirish deportamenti matbuot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.