18 +  RSS  E-mail
8:30, 25 04 2019

393 nafar talaba yoshlar ittifoqi ragʻbatiga munosib koʻrildi


Muddatli harbiy xizmatni oʻtagandan soʻng Namangan viloyatidagi uchta oliy taʼlim muassasasiga imtiyozli ravishda qabul qilinib, hozirda oʻrtacha oʻzlashtirishi 86 foiz va undan yuqori koʻrsatkich bilan tahsil olayotgan talabalarning 393 nafariga toʻlov-shartnoma mablagʻining 35 foizi  Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan toʻlab berildi.

Viloyat markazidagi “Uch favvora” xiyobonida tashkil etilgan marosimda oʻqish va jamoat ishlarida faollik koʻrsatayotgan mazkur talabalarga toʻlov-shartnoma pulining 35 foizi toʻlab berilishi rasmiylashtirilgan sertifikatlar tantanali topshirildi.

Namangan viloyat hokimligi axborot xizmati.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.