18 +  RSS  E-mail
13:18, 23 04 2019

XTV tizimida byudjet mablagʻlarini ishlatish ustidan nazorat kuchaytirilmoqda


Xalq taʼlimi vazirligining Ichki audit va moliyaviy nazorat boshqarmasi tomonidan 2019 yilning I choragi davomida xalq taʼlimi tizimi muassasalarida byudjet qonunchiligini buzish holatlari profilaktikasini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar tashkil etildi. Oʻtkazilgan chora-tadbirlar natijasida 1444 ta tashkilot hamda maktablarda jami 11413,7 mln. soʻmlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlangan.

Oʻtkazilgan tahlillar natijasida ortiqcha va qoʻshimcha rejalashtirilgan mablagʻlar 4276,9 mln.soʻm (37,5 foiz aniqlangan umumiy mablagʻdan), haqiqatda ishlamaydigan xodimlarga, ortiqcha saqlangan shtat birliklari hamda ishchi-xodimlar tomonidan bajarilmagan ish hajmlari uchun amalga oshirilgan toʻlovlar 2071,7 mln. soʻm (18,2 foiz), malaka toifalarini belgilash sertifikatlarini qalbakilashtirish hamda ustama va mukofot pullarining ortiqcha toʻlanishi natijasida aniqlangan toʻlovlar summalari 2018,0 (17,7 foiz)ni tashkil etganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar boʻyicha tarkibida jinoyat alomatlari boʻlgan 190 ta umumiy summasi 3865,7 mln. soʻmlik oʻrganish materiallari huquq-tartibot organlariga topshirilib, 279 nafar masʼul shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda intizomiy choralar koʻrildi.

Byudjet qonunchiligini buzish holatlari profilaktikasini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida aniqlangan 3023,4 mln. soʻm miqdordagi noqonuniy sarflangan byudjet mablagʻlari belgilangan tartibda qaytarildi.

Xalq taʼlimi vazirligi axborot xizmati.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.