18 +  RSS  E-mail
12:56, 23 04 2019

Jizzax viloyati YoXB xodimlari yongʻinda qamalib qolgan insonni qutqardi


Jizzax viloyati IIB Yongʻin xavfsizligi boshqarmasi markaziy dispetcherlik xizmatiga Jizzax shahar Madaniyat mahallasi Sayilgoh koʻchasi 48-uyning 12-xonadonida yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.

Darhol yongʻin joyiga Jizzax shahar Yongʻin xavfsizligi boʻlimining 1-Harbiylashtirilgan yongʻin xavfsizligi qismidan ikkita yongʻin oʻchirish boʻlinmasi yuborilgan. Boʻlinmalar yongʻin joyiga yetib kelganida yongʻin sodir boʻlgan xonadon quyuq tutun bilan qoplangan, eshik esa qulflangan edi. Shu yerda yashovchi fuqarolar ichkarida xonadon egasi qolib ketgan boʻlishi mumkinligi haqida maʼlumot bergan.

Yongʻin oʻchirish boʻlinmalariga rahbarlik qilayogan katta leytenant Ziyovuddin Bekmatov vaziyatga tezkor baho berib, viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimi serjant A.Meliboyev bilan birgalikda xonadon eshigini buzib, yotoqxonada hushsiz holatda yotgan fuqaro Yoqub Qurbonovni tashqariga olib chiqdi va birinchi yordam koʻrsatdi.

Xodimlarning tezkor xatti-harakatlari tufayli xonadon egasining hayoti asrab qolindi, yongʻin qisqa muddatda bartaraf etildi. Yongʻin oqibatida xonadonning 1 kvadrat metr maydonda pol qismi va kiyim-kechaklar yongan.

Yongʻin yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Jizzax viloyati hokimligi axborot xizmati.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.