18 +  RSS  E-mail
12:54, 20 04 2019

UZMOBILE GSM tarmog‘ining 4 yilligi: tariflarning kengayishi, tezlashishi va ulkan yangilanishlar


Toshkentda «Ground Zero Kitob Olami» kovorking markazida UZMOBILE – O‘zbekiston Milliy mobil aloqa operatori GSM standarti tarmog‘ini tijorat foydalanishga topshirilishining 4 yilligiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Matbuot anjumanida UZMOBILE GSM tarmog‘ining to‘rt yil mobaynidagi rivojlanishi haqida to‘liq ma’lumot berildi, tarmoq rivoji va butun O‘zbekiston bo‘ylab kengaytirilishi to‘g‘risida ham so‘zlab berildi, shuningdek, operatorning 2019 yil rejalari taqdim etildi. «O‘zbektelekom» AK tijorat direktori v.v.b. Alisher Zufarov matbuot anjumanini ochib, UZMOBILE GSM tarmog‘i joriy rivojlanish odimlarini uchta mezon bilan tavsifladi: barcha mintaqalarda doimiy kengaytirish, mobil internetni tezlashtirish va tariflardagi ulkan yangilanishlar.

Matbuot anjumanida «O‘zbektelekom» AK «O‘zmobayl» filialining tarixi haqida so‘z yuritildi, 2004 yildan boshlab, O‘zbekistonning yetib borish qiyin bo‘lgan chekka hududlariga simsiz aloqani ta’minlash uchun CDMA-450 standartida tarmoq qurilgandi. 2014 yilda Hukumat qaroriga muvofiq filial O‘zbekiston Milliy aloqa operatori deb e’lon qilindi va uning oldiga bir qator davlat vazifalari qo‘yildi.

Hozirgi kunda UZMOBILE CDMA tarmog‘ida 160 mingdan ortiq faol abonentlarga va UZMOBILE GSM tarmog‘ida esa 3 milliondan ortiq faol abonentlarga xizmat ko‘rsatilmoqda.

Hozirgi vaqtda UZMOBILE tashqi kanali 30 Gbit/s. gacha kengaytirildi, bu esa abonentlarga yanada yuqori tezlikdagi va arzon mobil internet tariflarini taqdim etish imkonini beradi.

Matbuot anjumanida, bugungi kunda filialda internet — paketlar yangi tarif rejalarining faol joriy qilinayotgani va bozorda eng arzon va foydali narxlarda taqdim etilayotgani haqida batafsil ma’lumot berildi. 1 MB narxi ikki marta tushirildi, paketlar hajmi esa 75 000 MB gacha oshirildi.

«UZMOBILE» SB mobil aloqa abonentlari uchun 30 kunlik amal qilish muddati, 500 dan 75 000 Megabaytgacha nominalli Internet-paketlar narxlari arzonlashdi.

Juda faol Internet foydalanuvchilari uchun avtomatik ravishda yangilab turiladigan «Internet non-stop» seriyali BARCHA paketlar guruhi yangilandi, ushbu paketlardan foydalanishning ikkinchi oyidan boshlab, ularning narxi 10 foizgacha tushiriladi.

«O‘zbektelekom» AK o‘z abonentlari uchun noyob takliflarini alohida ta’kidlash zarur. Masalan, quyidagi raqamlarga imtiyozli «tarmoq ichidagi qo‘ng‘iroqlar»: GSM standartidagi UZMOBILE tarmog‘i, CDMA-450 standartidagi UZMOBILE tarmog‘i, shuningdek, «O‘zbektelekom» AK qayd etilgan mutlaq raqamlariga.

Matbuot anjumanida kompaniya rejalari haqida batafsil so‘zlab berildi. 2019 yilda UZMOBILE CDMA faol abonentlari sonini 31 foizga (220 mingga) va UZMOBILE GSM tarmog‘i faol abonentlari sonini 36 foizga (4,6 millionga) oshirish rejalashtirilgan. Bugungi kunda O‘zbekistonning barcha mintaqalarida 2G/3G va 4G texnologiyalari bo‘yicha UZMOBILE tarmog‘ining kengaytirilishi davom etmoqda. 2019 yil oxirigacha aholi punktlarida UZMOBILE tarmog‘ining qamrab olishi o‘rtacha 87 foizgacha, UZMOBILE GSM va UZMOBILE CDMA 90 foizgacha oshiriladi.

Kompaniyaning aloqa sifatini yaxshilash bo‘yicha ishlari alohida qayd etildi. Masalan, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Termiz, Nukus, Navoiy va Urganch shaharlaridagi xalqaro aeroportlar binosida ichki va tashqi mobil aloqa qamrovining sifati yaxshilandi.

Kompaniya rejalarida B2B segmenti uchun kompleks yechimlarni joriy etish belgilangan, ular o‘z ichiga quyidagi yechimlar: qayd etilgan mutlaq internet, telefoniya, IPTV, mobil aloqa va mijozlar hududida baza stansiyalarini o‘rnatishgacha 30 dan ortiq turli xil takliflar jamlangan.

Sayyohlarga va umuman turizmga qulayliklarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan yangi yechimlar joriy etiladi. Barcha aeroportlarda, t/y vokzallarida, avtovokzallarda va eng diqqatga sazovor, ommabop hududlarda WiFi zonalari va xizmat ko‘rsatish ofislarini rivojlantirish ishlari olib borilmoqda. Davlat segmentining (B2G) har bir sohasi uchun personal yechimlar va tariflar ishlab chiqilmoqda.

Matbuot anjumani doirasida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar.

Matbuot anjumanidan keyin kompaniya o‘z hamkorlari va korporativ mijozlarini esdalik sovg‘alari hamda minnatdorlik diplomlari bilan taqdirladi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.