18 +  RSS  E-mail
12:52, 20 04 2019

“Namangan” va “Inchxon” erkin iqtisodiy zonasi hamkorligi


Janubiy Koreya Respublikasining “Inchxon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi rahbari Kim Jin Yong boshchiligidagi delegatsiya Namangan viloyatida boʻldi.

Viloyat hokimligida uyushtirilgan qabul marosimida “Namangan” erkin iqtisodiy zonasi va “Inchxon” erkin iqtisodiy zonasi oʻrtasida imzolangan memorandumga asosan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiriladigan istiqbolli loyihalar yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, “Inchxon” erkin iqtisodiy zonasida namanganlik mutaxassislar malakasini oshirish, koreyalik ishbilarmonlarni “Namangan” erkin iqtisodiy zonasiga jalb qilish boʻyicha muzokaralar olib borildi.

Uchrashuvda namoyish etilgan taqdimotda “Namangan” erkin iqtisodiy zonasi faoliyati, maqsad va vazifalari haqida batafsil maʼlumot berildi.

Mehmonlar Namangan shahrining diqqatga sazovor joylari, jumladan, “Afsonalar vodiysi” madaniyat va istirohat bogʻidagi keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari,  “Namangan” erkin iqtisodiy zonasida yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan tanishtirildi.

Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.