18 +  RSS  E-mail
14:56, 16 04 2019

Buxoro frantsuzlar eʼtirofida


Frantsiyadagi “Temuriylar tarixini oʻrganish assotsiatsiyasi” 30 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan xalqaro tadbir ishtirokchilarining Buxoro shahriga tashrifi amalga oshirildi.

Frantsiyadan tashrif buyurgan delegatsiya aʼzolari Buxoroning diqqatga sazovor joylari  bilan tanishib, koʻhna shaharning tarixiy merosi namunalarini amalda eʼtirof etishdi.

Tashrif doirasida mehmonlar uchun shahrimizning goʻzal maskanlaridan boʻlgan “Labi-Hovuz” va “Poyi kalon” ansambllari, “Toqi sarrafon va toqi zargaron” bozorlari, Somoniylar maqbarasi hamda “Bolo hovuz” masjidi boʻylab sayohatlar tashkil etildi.

Tashrif davom etmoqda. 

Buxoro viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.