18 +  RSS  E-mail
14:53, 16 04 2019

BMTI talabalari oʻquv mashgʻulotlarini bevosita ishlab chiqarish jarayonida olib borishadi


Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori Nusrat Barakayev boshchiligida bir guruh talabalar va professor-oʻqituvchilar uchun Gʻijduvon tumanidagi “Humo” AJ tekstil kompaniyasiga ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishish maqsadida ekskursiya tashkil etildi.

Talabalar ishlab chiqarish korxonasida xom ashyoga ishlov berishdan boshlab, tayyor mahsulotgacha boʻlgan jarayon bilan tanishishdi. Professor-oʻqituvchilar ip-kalava ishlab chiqarish jarayoniga yangi innovatsion texnologiyalarni joriy qilinishi haqida shu yerning oʻzida jonli misollar bilan tushuntirib berishdi.

Tashrif davomida institut va tekstil kompaniyasi oʻquv mashgʻulotlarining bir qismini bevosita ishlab chiqarish jarayonida oʻtkazish, talabalarning malakaviy bitiruv amaliyotlarini olib borishni tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishdi.

Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi axborot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.