18 +  RSS  E-mail
11:40, 15 04 2019

Eronlik investor sherikchilikda biznes qilmoqchi


Jahonda yuqori nufuzga ega kompaniyalardan “POOYA POLYMER TEHRAN” kompaniyasi direktori janob Kamron Gʻaniy boshchiligida delegatsiya Qashqadaryo viloyatiga mehmon boʻlib, viloyatda investitsiyaviy faoliyat yuritishga jiddiy qiziqish bildirgan.

Dastlab tashrif davomida Gʻuzor tumani hokimligida tuman hokimi S. Babaqulov investorlar bilan biznes uchrashuv oʻtkazib, tumanning investitsion salohiyati bilan tanishtirdi hamda ikki tomonning investitsion takliflari oʻrganib chiqildi.

Shundan soʻng xorijiy kompaniya vakillari viloyat hokimi Zafar Roʻziyev qabulida boʻlishdi. Uchrashuv chogʻida tomonlar manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi. Bugun yurtimizda chet el sarmoyadorlari uchun qulay sharoitlar yaratib berilgani alohida taʼkidlandi.

Muzokaralar davomida eronlik investor bilan Gʻuzor  tumanida shu yilning iyun oyida «POOYA POLYMER TEHRAN» kompaniyasi bilan qoʻshma korxona ochishga kelishib olindi.

Qashqadaryo viloyati  hokimligi  axborot xizmati.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.