18 +  RSS  E-mail
11:43, 15 04 2019

101 nafar xotin-qizga nogironlik aravachasi va eshitish moslamalari topshirildi


Jizzax viloyat hokimligi, Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi hamkorligida turmush sharoiti ogʻir va imkoniyati cheklangan xotin-qizlarning 59 nafariga nogironlik aravachasi, 42 nafariga eshitish moslamasi topshirildi.

Viloyat markazidagi “Yakkasaroy” tantanalar majmuasida boʻlib oʻtgan hayriya tadbirida mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning turmush sharoitini yanada yaxshilash, muammolarini hal etishga alohida eʼtibor qaratilayotgani taʼkidlandi.

— Qizim Shahnoza 19 yoshda, — deydi zarbdorlik Oltinoy Toshbekova. — I guruh nogironi. Shu choqqacha nogironlik aravachasi yoʻqligi bois biror joyga chiqishga qiynalardik. Bugun berilgan nogironlik aravachasi mushkulimizni oson qiladi. Shu birgina madad ham koʻnglimizni togʻdek koʻtardi.

Jizzax viloyati hokimligi axborot xizmati.

Jamshid YORBEKOV surati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.