18 +  RSS  E-mail
12:16, 12 04 2019

Yer-mulk egalari uchun Davlat xizmatlari agentligi tomonidan yana bir imkoniyat


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar hamda oʻzboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish boʻyicha bir martalik umumdavlat aktsiyasini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi farmoni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari haqida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 21 iyunda 461-sonli qarori qabul qilindi.

Ushbu qaror talablari boʻyicha shu kunga qadar viloyatimizda 57 ming nafarga yaqin fuqarolardan markazlarimizga murojaatlar kelib tushgan. Shundan 20 ming nafarga yaqin fuqaroga komissiya tomonidan ijobiy xulosa berilgan, 12856 nafar fuqaroga tuman (shahar) hokimining qarorlari chiqarilib, fuqarolar uy joyiga mulk huquqi e’tirof etildi.

Hozirgi kunda viloyatdagi barcha Davlat xizmatlari markazlari xodimlari tomonidan olib borilayotgan targʻibot ishlari natijasida  aholi tomonidan faol tarzda mulk huquqiga egalik qilish maqsadida arizalar qabul qilinmoqda. Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan qabul qilingan arizalar oʻz muddatida komissiya ishchi organiga yuborilmoqda. Komissiya ishchi organi “Ermulkkadastr”davlat korxonasi tuman (shahar) filiali arizada koʻrsatilgan manzilga chiqqan holda oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni oʻrganib, arizaning texnik rejasini shakllantiradi va ariza hamda unga ilova qilingan hujjatlarni elektron tarzda komissiyaning boshqa aʼzolariga yuboradi. Komissiya a’zolari 5 ish kuni mobaynida oʻrganish natijalariga koʻra komissiya ishchi organiga koʻchmas mulk ob’ekti boʻyicha oʻz xulosalarini taqdim etadi. Har bir ariza boʻyicha jami 23 ish kuni mobaynida hujjatlarni Davlat xizmatlari markaziga elektron tarzda yuboradi.

Davlat xizmatlari agentligi viloyat boshqarmasi xodimlari arizalar borasida muddat buzulishiga yoʻl qoʻyilmasligi uchun imkon qadar doimiy tarzda ishchi organ faoliyatini nazorat qilib borishadi.

Xulosa oʻrnida viloyatimiz aholisiga shuni aytish joizki mazkur qaror joriy yilning 1 may kuniga qadar davom etadi. Shunday ekan bir necha yillar moboynida qad roslagan imoratingizga egalik huquqini qoʻlga kiriting hamda oilangiz va vataningiz farovonligiga zamin yarating. 

Q.XOLOV,

Davlat xizmatlari agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi boshligʻi. 


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.