
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan xalqaro talablar va standartlarga muvofiq oliy maʼlumotli yuqori malakali kadrlar tayyorlashni tashkil maqsadida yurtimizda Sharda universiteti tashkil etildi.
Universitetda oʻquv jarayonlari Sharda universiteti (Hindiston) oʻquv dasturlari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat taʼlim standartlari talablarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan oʻquv rejalari va dasturlari boʻyicha olib boriladi.
Oʻquv jarayoni 2019/2020 oʻquv yilidan boshlanadi.
Universitetda quyidagi va talab yuqori boʻlgan taʼlimning boshqa yoʻnalishlarida yuqori malakali mutaxassislar xalqaro standartlar darajasida tayyorlanadi:
elektr muhandisligi;
axborot texnologiyalari va kiber xavfsizlik;
komp’yuter tizimlariga xizmat koʻrsatish;
elektronika;
kommunikatsiya muhandisligi;
biznes-menejment.
Universitet bitiruvchilariga Oʻzbekiston va Hindistonda oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida eʼtirof etiladigan belgilangan namunadagi diplom beriladi.
Sharda universiteti Andijon viloyatida joylashadi.
Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi axborot xizmati