18 +  RSS  E-mail
12:19, 12 04 2019

Oʻzbekistonda Turkiya va Pokiston harbiylari bilan hamkorlikda qoʻshma mashgʻulotlari oʻtkaziladi


Joriy yilning 22-27 aprel kunlari Oʻzbekistondagi “Forish” togʻ poligonida Pokiston Islom Respublikasi va Turkiya Respublikasi qurolli kuchlari bilan hamkorlikda maxsus-taktik oʻquv mashgʻulotlari oʻtkaziladi.

Mazkur oʻquv mashgʻulotlari 2019 yilga moʻljallangan Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi, Pokiston va Turkiya qurolli kuchlari oʻrtasida harbiy hamkorlik rejasiga muvofiq bir qator tizimli tadbirlar asosida amalga oshirilmoqda.

Tajriba va malaka almashuv bilan bogʻliq amaliy mashgʻulotlarning barchasi “Forish” poligoni hududida oʻtkaziladi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.