18 +  RSS  E-mail
11:32, 11 04 2019

Dod solsangiz ham, yigʻlasangiz ham sizga yordam bera olmayman


Ancha kunlardan beri elektr taʼminoti korxonasiga fuqarolar keladi. Hamma qarzdor fuqaroda har kuni penya qoʻshilib qarzi yana koʻpayib bormoqda. Bugun bir pensioner ayol keldi. Qarzini arang toʻlayotgan ekan, hali toʻlab boʻlmasidan penya qoʻshilayotganini eshitib kelgan. Rosa yigʻladi. Qizim, bir oyda bir marta pensiya olaman, pensiyam toʻlovlarga yetmayapti. Oʻgʻlim kunlikka ishlab arang 3 farzandini boqayapti, men nima qilay, dedi. Men ham nima qilay xola, yuqoridan bu buyruq, dedim.

Hokimga bordim, prokurorga bordim. Qizim, ular ham yordam bermadi, dedi. Men unga, xolajon bizni vakolatimizga kirmaydi, hokim ham, prokuror ham yordam bera olmaydi, deb tushuntirdim. Ammo ayol yigʻlaydi, nega, hokim-ku hal qilsinda, boʻlmasa ishlamasin, deydi. Tushuntirdim yarim soat, ammo yordam bera olmadim.

Dilfuza TAShBAYEVA.

“Xalq fikri”dan

Muksin Usmanov: Narx aqlga sigʻmaydigan darajada oshirilyapti.

Ulugʻbek Karimov: Oʻzi bu byudjet degan narsa faqat bechoralar hisobiga va ularga har oyda penyalar hisobiga toʻlayapti menimcha. Ha aytganday, ajoyib-a, oylik va pensiyani oyni oxirigacha zoʻrgʻa toʻlab tugatadi-da, kommunal toʻlovlarni oyni 10 kunigacha toʻlab qoʻy deydi. Sen ham oylik va pensiyani oyni 10 kunigacha toʻlab qoʻyib keyin talab qil, deydigan odam yoʻq.

Rajabboy Ashurov: Oylik maoshni 3-4 oygacha kechiktirsa ham penya (foiz) qoʻshilmaydi, hech kimni ishi ham yoʻq.

Otabek Xujakulov: Bizda oylik pensiyalar notoʻgʻri belgilangan, kommunal toʻlovlar gaz, svet, issiq suv, xullas hammasini hisoblab, oʻrtacha oylikni hisoblash kerak, nafaqalarni ham. Rivojlangan davlatlarga nazar solsangiz qoyil qolasiz. Olgan oyligi oilaviy byudjetga ham qoladi.

Guli Eshmamatova: Pensionerlar uchun chegirmani 50 foiz qilishsin, keyin 10- chisloni 25-chiga koʻchirishsin. Shunda hech bir pensioner shuncha xoʻrlikni boshidan oʻtkazmaydi.

Dilfuza Tashbayeva: Oshiqcha puli borlarga davlat penya bermaydi-ku. Qarzi borlarga ham penya qoʻymasa boʻladi-ku.

Mirzabek Abdurasulov: Pensionerlar uchun 50 foiz qilish kerak. SSSR davridagidek.

Otabek Xujakulov: Xalqdan penya undirish haqida emas, balki xalqqa pul berish haqida oʻylash kerak. Xalqni puli boʻlsa hammasini oʻz vaqtida toʻlaydi.

Azizbek Muminov: Yana aytaman. Davlat aholidan pul oʻz vaqtida toʻlanishini xohlasa, hisoblagichni puli tugasa, tokni oʻchirib qoʻyadiganiga almashtirishi kerak yoppasiga. Hozirda 3-4 xil hisoblagichlar amalda, xuddi lotin va kirill alifbolariga oʻxshab. Agar pulingiz tugasa hisoblagich ishlashdan toʻxtaydi, tamom vassalom, penya ham yoʻq. Menimcha mutasaddilar faqat pul tushumini oshirish hakida oʻylayapti, ammo xalqqa yengillik yaratishni emas…


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.