18 +  RSS  E-mail
9:39, 10 04 2019

Xonbandida yoshlar markazi ish boshladi


Forish tumani “Xonbandi” mahallasida oʻtgan yili “Obod qishloq” dasturi doirasida keng koʻlamli obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilgan edi.

Dastur doirasida amalga oshirilgan ishlar natijasida mahallada istiqomat qilayotgan yoshlar uchun koʻplab qulayliklar yaratildi.

Yaqinda “Xonbandi” mahalla fuqarolar yigʻinida Yoshlar markazi ish boshladi. Respublika Yoshlar markazi tomonidan 12 ta komp’yuter, 12 ta zamonaviy tikuv mashinasi hamda 1000 dona sara badiiy adabiyotlar ushbu markazga topshirildi. Ayni kunda bu yerda 12 ta toʻgarak faoliyat olib boryapti. Ularda innovatsion gʻoyalar amaliyotiga keng eʼtibor qaratilmoqda.

Yoshlar markazida mahalla yigit-qizlari tikuvchilik, pazandachilik sirlarini hamda ingliz tilini qunt bilan oʻrganishyapti.

Rashid KARIMOV.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.