18 +  RSS  E-mail
9:41, 10 04 2019

Vazningizni qanday qilib meʼyorda saqlash kerak?


Harakatsiz yashash tarzi, toʻgʻri ovqatlanmaslik va sport bilan shugʻullanishdan bosh tortish ortiqcha vaznga olib keladi. Tanani oddiy holga keltirish nafaqat oynada oʻzingizni koʻrib zavq olish, balki sogʻlikni mustahkamlash va qarish jarayonini sekinlashtirish uchun juda muhimdir.

Kunda ertalab majburiy 10 daqiqalik mashq qiling.

Kuniga kamida ikki marta koʻk choy iching. Har doim shakarsiz, lekin bir qoshiq asal qoʻshib ichasiz.

Kuniga 5 marta ozgina taom yeyishni tashkil qiling.

Uyquga ketishdan bir soat oldin qatiq yoki tabiiy yogurt iching.

Kundalik ovqatlanishda yangi yoki tuzlangan karamli salat isteʼmol qiling, chunki karam yogʻni tabiiy yoʻqotadi.

Derazani ochib,18 darajali salqin xonada  uxlang.

Liftdan foydalanishdan voz keching.

Sevimli ovqatlaringizga zanjabil qoʻshing, bu esa metabolizmni kuchaytiradi.

Mumkin qadar koʻproq sayr qiling. Avtotransportni ish joyidan uzoqroqda qoldiring yoki ish joyiga shahar transportida borayotib, bir necha bekat narida tushib piyoda yuring.

Shakar va tuz isteʼmolini kamaytiring.

Har qanday shirinliklarni quritilgan meva va asal bilan almashtirish mumkin, ammo kuniga 30-50 grammdan oshmasligi kerak.

Yengil tamaddi uchun yoningizda har doim yongʻoq, quritilgan va yangi meva olib yuring.

Tamaddixonalardan uzoqda yurishga harakat qiling, tez tayyorlanadigan ovqat isteʼmol qilmang va gazlangan ichimliklarni ichmang.

Uyda tayyorlangan bugʻdoy noni, qaynatilgan va xom sabzavotli ovqat, kam yogʻli pishlok, qaynatilgan goʻsht, tuxum va baliqni ishga olib kelib isteʼmol qiling

Yoga bilan shugʻullaning. Ushbu maxsus mashqlar kaloriyani samarali “yoqadi” va tananing hajmini tezda pasaytiradi.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.